calendar 28 Nov 15:10
eye 27
comments 0
comments Manba: daryo

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha takliflar berdi

image

Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammiti ishida ishtirok etib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“500 milliondan ortiq aholi yashaydigan, ulkan bozorga ega bo‘lgan mamlakatlarimizning savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarur. Qabul qilingan “IHT istiqbollari – 2025” konseptual dasturi asosida, mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini yanada kengaytirish va eng muhimi, amaliy natijadorlikka erishish maqsadga muvofiqdir”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan tashkilot doirasida yangilangan va keng qamrovli Savdo bitimini ishlab chiqish va qabul qilish taklif qilindi. Mazkur hujjatda savdo to‘siqlarini bartaraf etish, bojxona tartiblarini raqamlashtirish, hamda hozirgi vaqtda dolzarbligi tobora oshayotgan elektron savdoni keng tadbiq etish masalalari o‘z ifodasini topishi zarur.

Mamlakatlarda o‘zaro sarmoyalar oqimini ko‘paytirish va ularni ishonchli himoya qilish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan Qo‘shma harakatlar dasturini qabul qilish bugungi kun talabi ekani ta’kidlandi.

O‘zaro savdo hajmlarini oshirish, mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va mamlakatlarimiz iqtisodiyotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning real mexanizmi sifatida Shavkat Mirziyoyev BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO) va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun (SPEKA) Maxsus dasturi bilan hamkorlikda tashkilot doirasida Savdo, investitsiyalar va innovatsiyalar markazini tashkil etish hamda uning qarorgohini Toshkent shahrida joylashtirishni taklif qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari mintaqalararo tranzit xablarini tashkil etish, zamonaviy transport va yo‘l infratuzilmalarini rivojlantirish, transport va tranzit tariflarini optimallashtirish hamda qo‘shimcha chegirmalarni taqdim etish, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish shartlarini yengillashtirish,  transport sohasini raqamlashtirish masalalariga aniq yechimlar topish muhim ekanini ta’kidladi.

Bu rejalarni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatlarning transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Global iqlim kun tartibi tobora dolzarb bo‘lib borayotganini hisobga olib, sammit “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni davom ettirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Yetakchilar bu borada faol hamkorlik qilish, jumladan, uglerod neytralligiga erishish uchun sanoat tarmoqlarida ekologik toza va resurstejamkor texnologiyalarni keng tatbiq etish zarur ekanini ta’kidladi.

Shu maqsadda Shavkat Mirziyoyev xalqaro ekolog olimlar va ekspertlar ishtirokida yuqori darajadagi doimiy Muloqot kengashini tuzishni taklif etdi.

Sayyohlik almashinuvini qayta tiklash muhimligini qayd etib, O‘zbekiston prezidenti Buxoro shahrida 2022-yili bo‘lib o‘tadigan turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvida pandemiyadan keyingi davrda Xavfsiz sayyohlikni rivojlantirish umummintaqaviy Dasturini qabul qilish tashabbusini bildirdi.

Ushbu tashabbus doirasida “ziyorat turizmi” va boshqa qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish, aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratiladi.

Sammitda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining xalqaro nufuzi va obro‘sini oshirish, institutsional mexanizmlarini va yetakchi xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu borada O‘zbekiston prezidenti tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar tayyorlash uchun yuqori darajadagi Ekspertlar guruhini tuzish tashabbusini ilgari surdi.

Tashkilot doirasida muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha har yilga nom berish an’anasini joriy etish tashabbusi bildirildi. Prezident IHTda 2022-yilni O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yili, deb e’lon qilishni taklif etdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, sammit yakunida Harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi. Ushbu hujjat a’zo mamlakatlarning mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi muhim ustuvor intilishlarini o‘zida mujassam etdi.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida so‘zlagan nutqida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat haqida to‘xtalib o‘tgani, sammit doirasida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Pokiston prezidenti Orif Alviy, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:41
 
169
0
xs.uz

Oʻzbekistonda turizmning mehnat bozoridagi oʻrni: yangi ish oʻrinlar va malakali kadrlar zarurati

Turizm ' iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri. Aksariyat mamlakatlar, xususan, iqtisodiy oʻtish davridagilar uchun turizmni rivojlantirish milliy daromadni diversifikatsiya qilish, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash hamda ijtimoiy taraqqiyotni ragʻbatlantirishning muhim vositasiga aylanmoqda.Turizmning rivojlanishi xorijiy valyuta oqimi, aholi bandligini oshirish hamda kichik va oʻrta biznes sohasining kengayishi hisobiga yalpi ichki mahsulot oʻsishiga xizmat qil

08 Jun 02:27
 
160
0
xs.uz

Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi goʻzal goʻshalaridan biri ' 'Ugom-Chotqol' qoʻriqxonasi hududida 'MSA Resort' turistik majmuasi qurib bitkazilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan turizm va barqaror infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor tufayli bu kabi yirik loyihalar zarur qoʻllab-quvvatlov va ilhom olmoqda.Mazkur loyiha nafaqat tabiatni sevuvchilar, balki milliy madaniyat va gastronomiyani qadrlovchilar uchun ham diqqatga sazovor manzillardan biriga aylanishi kutilmoqd

31 May 08:50
 
38
0
xs.uz

Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi

Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal

31 May 08:51
 
205
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do