calendar 28 Nov 11:31
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir

Qirg'izistonda parlament saylovi: 20 dan ortiq jinoiy ish ochildi

image
image

Qirg'iziston parlamentiga saylovda qonun buzilishi faktlari bo'yicha 20 dan ortiq jinoiy ish ochildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rahbari o'rinbosari Tinchtik Shaynazarov maʻlum qildi.

"Etti jinoyat ishi sudga yuborildi, shaxslarning aybi aniqlandi, ularga nisbatan ayblov eʻlon qilindi. Yana 15 ta jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda", deydi Shaynazarov.

Unga ko'ra, MSK 20 nafar nomzodga yozma ravishda ogohlantirish bergan. Agar ular ikkinchi marta yozma ravishda ogohlantirilsa, nomzodni ro'yxatga olishni bekor qilish masalasi tug'ilishi mumkin.

"35 nafar fuqaro, jumladan, deputatlikka nomzodlar ham jarimaga tortildi, jarimalarning umumiy miqdori 292 ming somni (3,4 ming dollar) tashkil etdi", deya qo'shimcha qildi Shaynazarov.

Qirg'iziston MSK aʻzosi G'ayrat Mamatovning maʻlum qilishicha, 28 noyabr holatiga ko'ra MSKga saylov jarayonining buzilishiga oid 196 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan.

Unga ko'ra, qayd etilgan qoidabuzarliklar orasida: bittasi ovozlarni pora berib sotib olish, yettitasi maʻmuriy resurslardan foydalanganlik va 30 nafari saylovoldi tashviqoti qoidalarini buzganlik uchun qayd etilgan.

Maʻlumot uchun, bugun, 28 noyabr kuni Qirg'izistonda parlament saylovlari bo'lib o'tmoqda. Qirg'iziston Markaziy saylov komissiyasi maʻlumotlariga ko'ra, ovoz berishning dastlabki ikki soatida saylovchilarning 2,91 foizi qatnashgan.

Qirg'iziston parlamenti 90 deputatdan iborat bo'lib, besh yil muddatga saylanadi. Deputatlar saylovini aralash saylov tizimi bo'yicha o'tkazish nazarda tutilmoqda: yagona saylov okrugida 54 nafar deputat proportsional tizim bo'yicha (siyosiy partiyalardan nomzodlar ro'yxati) saylanadi, bir mandatli saylov okruglari bo'yicha 36 nafar deputat saylanadi.

Saylovda ishtirok etish uchun jami 1311 nafar – 21 siyosiy partiyadan 1015 nafar, bir mandatli saylov okruglari bo'yicha 296 nafar nomzod ro'yxatga olingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
55
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age

08 Jun 02:27
 
31
0
xs.uz

Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan

08 Jun 02:27
 
149
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi

15 Jun 10:46
 
41
0
xs.uz

AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi

14-iyun kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika armiyasining 250 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli harbiy parad tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbir mamlakat prezidenti Donald Trampning 79-yillik tugʻilgan kuni bilan bir vaqtda boʻlib oʻtdi. Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya paradga shaxsan tashrif buyurib, tadbirni tribuna orqali kuzatdi hamda nutq soʻzladi.Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abr