Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab baʻzi joylarda biroz qor yog'adi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq. Ustyurtda kechasi 10-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab baʻzi joylarda biroz qor yog'adi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Baʻzida changli bo'ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik (yomg'ir qorga aylanadi) bo'ladi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʻzida changli bo'ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik (yomg'ir, baʻzi joylarda qorga aylanadi) bo'ladi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʻzida changli bo'ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kechga tomon biroz yog'ingarchilik (yomg'ir qorga aylanadi) bo'lishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.
Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, qor yog'adi, baʻzi joylarda kuchli bo'ladi. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʻzida 23-28 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 17—18 noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo'yi orqali Rossiyaning Evropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi. "Zamin" yangiliklarini "Instagram"da kuzatib boring
Rossiyada barmoq izlari tekshiruvidan oʻtgan migrantlar patentsiz ishlashlari mumkin boʻladi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin chet el fuqarolariga barmoq izlari, yuqumli kasalliklar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlsa, mamlakatda patentsiz ishlashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda 'Kommersant' nashri.Xabarda aytilishicha, Rossiyada patentsiz ishlashni istagan chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shaxsini aniqlash uchun IIVning hududiy organida barmoq izlari orqali identifikatsiyadan oʻtishlari shart boʻladi.Bundan tashqari, narkotik yoki psixo
Ichki turizm targʻiboti uchun yiliga 20 milliard soʻm ajratiladi
Unda'taʼkidlanishicha, oʻtgan yili Moʻgʻuliston bilan turizm boʻyicha katta kelishuvga erishilgani hisobiga sayyohlar 100-200 nafardan 4 mingga oshgan.Koʻrfaz davlatlarida doimiy sayohat qiladigan 3 million aholi bor. Lekin ularning koʻpi Ozarbayjon, Gruziya, Albaniya, Xorvatiya kabi vizasiz rejim boʻlgan mamlakatlarga boryapti.'Toʻgʻri, bu davlatlarga 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan. Lekin, bu muddat 30 kunga uzaytirilsa, sayyohlar 5-6 karra koʻpayadi. Bundan tashqari, Hindist
Shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinadi
Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida'eʼtibor qaratdi.'Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur', dedi davlat rahbari.Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzla
Prezident Jahon banki guruhining operatsiyalar boʻyicha boshqaruvchi direktorini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Jahon banki guruhining operatsiyalar bo'yicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.O'zbekistonning Jahon banki bilan keng ko'lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.Uchrashuv avvalida Anna Berde davlatimiz r