Muhtasham yuz yil. Qudratli va o‘ta mashhur hukmdor — sulton Sulaymon I Qonuniy

Sulton Sulaymon nomi o‘zbek tarixchilaridan ham ko‘ra kinotomoshabinlariga juda yaxshi tanish. Usmoniylar imperiyasining eng kuchli hukmdorlaridan biri sulton Sulaymon haqida biroz haqiqat va anchayin haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan voqealar asosida suratga olingan “Muhtasham yuz yil” seriali nafaqat o‘zbek, balki butun dunyo kino ixlosmandlari orasida juda mashhur. “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov 1494-yil 6-noyabrda tavallud topgan Sulton Sulaymonning faoliyati va aslida qanday hukmdor bo‘lgani haqida hikoya qiladi.
Sulton Sulaymon I Qonuniy eng buyuk usmonli edimi?
1299-yilda tashkil topgan Usmoniylar imperiyasi tarixdagi eng qudratli va uzoq hukmronlik qilgan saltanatlardan hisoblanadi. Bu ulkan davlat uni boshqargan usmonlilar sulolasidan nomi bilan atalgan va imperiyaning taraqqiyotida sultonlarning xizmati beqiyos. Sulola asoschisi Usmon I Onado‘lidagi turkman qabilasi — qayilar urug‘ining yetakchisi edi.
Sulton Sulaymon ushbu saltanatning o‘ninchi sultoni bo‘lib, uning otasi sulton Salim I Yovuz qudratli hukmdor edi. Aynan Salim I usmonlilarning g‘arbda boshlangan muvaffaqiyatsizliklaridan keyin e’tiborni sharqqa — Osiyoga qaratadi. Bu paytda Yaqin va O‘rta Sharqning yana bir kuchli davlati — Safaviylar imperiyasi ham o‘z qudrat cho‘qqisiga chiqqandi.
Ikki buyuk davlat o‘rtasida boshlangan urushda sulton Salimning qo‘li baland keladi va Chaldiron jangidagi g‘alabadan so‘ng Safaviylar davlati poytaxti Tabriz egallanadi. Ammo Salim I vafotidan so‘ng Safaviylar hukmdori shoh Ismoil I Safaviy Tabrizni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da bu urushdan so‘ng Safaviylar saltanatida Usmoniylardan hadiksirash kayfiyati paydo bo‘ladi, hamda qizilbosh qo‘shinidagi shoh Ismoilning yengilmasligi haqidagi aqida ham o‘z kuchini yo‘qotadi. Qolaversa, bu g‘alaba Usmoniylarning Sharqdagi obro‘sini oshirib, Arabiston yarimoroli tomon yurish boshlashga yo‘l ochadi.
Suriya va Iroq Usmoniylar nazorati ostiga o‘tgach ancha kuchaygan Sulton Salim I Misrga yurish boshlaydi. Misrdagi Mamluklar saltanatini zabt etgan sulton o‘zini musulmon olamining xalifasi deb e’lon qiladi (mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng xalifalar Bag‘dodda emas Qohira yashardi). Shundan keyin 1925-yilga qadar usmonli sultonlari bir vaqtning o‘zida ham sulton, ham musulmon olami xalifasi hisoblangan.
Sulton Sulaymon I Qonuniy
Foto: Wikipedia
Sakkiz yil hukmronlik qilgan sulton Salim I o‘zidan ulkan hudud, qudratli va zamonaviy armiyani meros qilib qoldiradi. Uning yagona o‘g‘li sulton Sulaymon I esa otasining ishlarini davom ettirib, Usmoniylarning “oltin asri”ni yaratadi. Sulton Sulaymon, shubhasiz, Usmoniylarning eng buyuk hukmdorlaridan edi, ammo uning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun otasi sulton Salim I poydevor yaratib bergani ham rad etib bo‘lmas haqiqat edi.
Harbiy yurishlar
Sulton Sulaymon I Usmoniylar tarixidagi eng ko‘p harbiy yurishlar olib borgan sultonlardan hisoblanadi. 1520-yili taxtga o‘tirgan Sulaymon I otasidan farqli ravishda usmonlilarning g‘arbga hujumlarini qaytadan yana kuchaytiradi. Bir necha yil oldin Belgraddagi mag‘lubiyat sabab to‘xtab qolgan Sharqiy Yevropa yurishlari xuddi shu shaharning qo‘lga olinishi bilan qayta boshlanadi (1521-yil).
Sulton Sulaymonning nafaqat Sharqiy Yevropa yurishidagi, balki faoliyati davomidagi eng katta g‘alabalaridan biri bo‘lmish Mohach jangi natijasida Bolqon yarimoroli to‘liq usmonlilar nazorati ostiga o‘tadi. Biroq sultonning Vena qamali muvaffaqiyatsiz tugaydi va ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Avstriyaga qarshi ikkinchi yurish ham omadsiz yakunlangach Sulaymon I Avstriya imperatori Ferdinand bilan tinchlik sulhi tuzadi.
Sharqda, Safaviylar davlatiga qarshi sulton Sulaymon uch marta yurish uyushtiradi. Safaviylar hukmdori shoh Tasmasp har safar usmonli qo‘shini bilan ochiq jangga kirishdan qochadi va partizanlik kurashi olib boradi. Nihoyat 1554-yilda shoh Tahmasp bilan tinchlik shartnomasi tuzilib, sulton Sulaymon tomonidan egallangan Tabriz Safaviylarga qaytariladi. Buning evaziga esa Safaviylar shohi Bag‘dod va Mesopotamiyaga bo‘lgan da’volaridan voz kechadi.
Sulton Sulaymon I Mohach jangida
Foto: OERU
Dengiz floti
O‘rta Osiyo ko‘chmanchilari avlodlari bo‘lgan usmonlilar dastlab o‘z harbiy flotiga ega emasdi. Usmonlilarning dengizchilik merosiga sulton Salim I asos soladi. 1518-yilda tashkil qilinishi boshlangan turk floti O‘rta Yer va Qora dengizlarda, shuningdek, Hind okeanida ham harakat qila boshlaydi. Aynan ushbu flot bilan sulton Sulaymon I yana bir muzaffar yurishi — Rodos orolini egallab olishni amalga oshiradi. Olti oylik qamaldan so‘ng zabt etilgan bu orol uchun usmonlilar yuz mingdan ziyod askar safarbar etadi. Shafqatli Sulaymon I taslim bo‘lgan ritsarlarga kema ajratib, ketishiga ruxsat beradi. Orol aholisi besh yilga soliqlardan ozod qilinib, ularga cherkovlari buzilmasligi haqida va’da beriladi.
G‘arbda Barbarossa nomi bilan tanilgan usmonli dengiz kuchlari kapudoni (admiral) Xayriddin posho davrida turklar O‘rta Yer dengizi sharqida mutlaq ustunlikka erishadi. Usmoniylar floti 1538-yili bo‘lib o‘tgan Prezvez dengiz jangida Venetsiya, Genuya, Ispaniya va Papa viloyatining birlashgan kuchlarini mag‘lub etadi.
Sulaymon I davrida yanada kuchaygan turk floti Hind okeani orqali suzib, Hindistonning Boburiylar hukmronligi ostidagi shaharlariga yetib boradi. Sulton Sulaymon va Akbarshoh bu dengiz yo‘li orqali bir necha bor o‘zaro maktub ham almashadi.
Usmonli floti, shuningdek, Hind okeaniga kirib kelgan Portugaliya kemalari bilan kurash olib boradi va bir qancha muvaffaqiyatlarga erishadi. Xususan, turklar portugallardan Hindiston janubi-g‘arbidagi Diu shahrini tortib oladi.
Sulaymon Qonuniy
Buyuk Sulaymonning bu nomni olishiga uning bir qancha huquqiy islohotlarni o‘tkazgani sabab bo‘ladi. Sulton Usmoniylar imperiyasining huquq tizimini butunlay qayta ko‘rib chiqadi va Safaviylar bilan savdoga qo‘yilgan embargo(taqiq)ni olib tashlaydi. Sulton barcha askarlarga yurishlar paytida dushman hududida bo‘lsa ham har qanday oziq-ovqat yoki boshqa narsalar uchun pul to‘lash haqida buyruq beradi.
Sulaymon soliq tizimini ham isloh qiladi. Sulton Salim I tomonidan joriy qilingan qo‘shimcha soliqlar bekor qilinadi va odamlar daromadiga qarab o‘zgarib turadigan shaffof soliq stavkalari tizimi amaliyotga kiritiladi. Barcha usmonli fuqarolari hatto eng yuqori mansab egalari ham qonunga bo‘ysundiriladi.
Sulaymon Qonuniy Usmoniylar saltanatida zamonaviy ma’muriy boshqaruvni 450 yil oldinroq joriy qilgan edi. U imperiyada ozchilikni tashkil qiluvchi xristian va yahudiylarni himoya qilib, nasroniy qullarni qullikdan ozod qiladi.
Haram, vorislik hamda o‘sha Hurram sulton
Sultonning Sulaymonning rasman ikki xotini bo‘lib, ularning birinchisi Mohi Davron sulton, ikkinchisi ukrainalik(ba’zi manbalarda polshalik) kanizak Hurram sulton (Roksolana) edi. Birinchisidan Mustafo nomli bir o‘g‘il ko‘rgan sulton Sulaymon, ukrainalik ayolidan yetti nafar o‘g‘il ko‘radi.
Roksolana (Hurram sulton)
Foto: Google Images
Turklar tomonidan ishlangan o‘sha mashhur filmda ko‘rsatilganidek, buyuk va adolatparvar sulton oila borasida muvaffaqiyatli bo‘lolmaydi. Sulton ikkinchi xotini tarqatgan mish-mishlar natijasida o‘zining valiahdi Mustafoni o‘ttiz sakkiz yoshida qatl ettiradi. Bu voqea nafaqat sulton Sulaymon faoliyatidagi eng katta xato bo‘ladi, balki imperiya tarixida ham eng yanglish qaror edi. Chunki shahzoda Mustafo o‘rniga taxtga o‘tirgan sulton Salim II na akasiga, na buyuk bobosiga o‘xshardi. Aksincha, ichkilikbozlikka ruju qo‘ygani bu sulton tarixda “Mast Salim” nomi bilan qoladi.
Hurram va Sulaymon o‘rtasidagi muhabbat tillarda doston bo‘ladi, ammo bu oshiqlik saltanat uchun ancha zarar keltiradi. Shahzodadan tashqari usmonlilarning mashhur buyuk vazirlaridan biri bo‘lmish Ibrohim Parg‘aliy posho ham ikkinchi sulton xonim olib borgan siyosiy o‘yinlar ortidan qatl etiladi.
So‘nggi yurish va sir tutilgan o‘lim
1566-yilda sulton Sulaymon bir o‘zining so‘nggi yurishi tomon otlanadi. Sulton Vengriya hududlari uchun bir necha yildan beri kurash olib borayotgan Avstriyaga hal qiluvchi zarba bermoqchi edi. 1566-yil 8-sentabrda bo‘lib o‘tgan Sigetvar shahri yonidagi jangda usmonli qo‘shini g‘alaba qozonadi. Ushbu g‘alabadan bir kun oldin buyuk usmonli sultoni, o‘z saltanatida adolat va tenglikni ta’minlashga intilgan Sulaymon I Qonuniy vafot etgan edi.
Sultonning o‘limi askarlar ruhini tushirib yuborib, mag‘lubiyatga sabab bo‘lmasligi uchun bu xabar sir tutiladi. Sigetvar va uning atrofi usmoniylar qo‘liga o‘tgachgina buyuk Sulaymonning o‘limi haqida xabar beriladi va hukmdorning jasadi Istanbulga keltiriladi. Shu tariqa eng buyuk usmonlilardan biri hayoti o‘z poyoniga yetadi.
Muhtasham yoxud buyuk Sulaymon I Qonuniy Usmoniylar imperiyasi hududi va obro‘sini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari u Usmonli san’atining “oltin davri”ni boshlab beradi. Sultonning o‘zi ham she’rlar yozib turgan. Uning davrida Sharq va G‘arb uslublarini birlashtirgan adabiyot, me’morchilik, falsafa, san’at yuksaladi.
“El Pepe” vafot etdi
U Muxikani 'prezident, faol, yoʻl koʻrsatuvchi va yetakchi' deb taʼrifladi. 2024-yil bahorida Muxikada qiziloʻngach saratoni aniqlangan edi va u uzoq vaqt muolajalar olgan edi. Shifokorlar 2024-yilning kuzida saraton hujayralarining kamayganini bildirgan boʻlsa-da, 2025-yil boshida kasallik qayta avj olgan.'Toʻgʻrisini aytsam, men oʻlyapman. Har bir jangchining hordiq chiqarishga haqi bor,' ' degan edi u 'Busqueda' jurnali bilan oʻtkazilgan soʻnggi intervyusida.Muxika 2010'2015-yillar
Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel
“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi
Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor
Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozi