calendar 01 Nov 12:51
eye 36
comments 0
comments Manba: zarnews

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganiga 30 yil to'ldi

image

Sana munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda partiyaning mamlakatimizda demokratik islohotlarni mustahkamlash, kuchli fuqarolik jamiyatini qaror toptirishdagi hissasi eʻtirof etildi.

Qayd etilganidek, faollar guruhi o'tish davrida - 1991 yil 14 sentyabr kuni manzilli ijtimoiy yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari va guruhlari manfaatlarini ifoda etuvchi va ilgari suruvchi partiyani tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan. O'sha yili bugungi sana - 1991 yil 1 noyabrda – Xalq demokratik partiyasining I taʻsis qurultoyi bo'lib o'tgan. Qurultoyda partiya Ustavi va dasturini qabul qilinib, ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yo'nalishlari belgilangan.

Darvoqe, qurultoy ishida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirgan va partiyaning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan.

Yil yakunigacha partiya Adliya vazirligida ro'yxatga olinib, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, barcha tuman va shaharlarda hududiy tashkilotlari tashkil etilgan. O'sha vaqtda partiya safida 347,7 ming aʻzo 11,3 ming boshlang'ich tashkilotlar orqali birlashgan.

2000 yil yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko'p partiyaviylik asosida ilk bora o'tkazilgan saylovda partiya Markaziy Kengashi birinchi kotibi Abdulhofiz Jalolov XDPdan nomzod bo'lgan. Keyingi saylovlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Hotamjon Ketmonov va Maqsuda Vorisovalarning nomzodi ko'rsatilgan.

Bugungi kunda partiya tuzilishiga ko'ra, Markaziy, 14 ta hududiy hamda 22 ta shahar va 179 ta tuman tashkilotlari, shuningdek, partiya aʻzolarini ish joyi va yashash joyi bo'yicha birlashtirgan 10 mingdan ziyod boshlang'ich tashkilotlaridan iborat. Samarqand viloyati Kengashi 16 ta shahar-tuman kengashlari, 421 ta boshlang'ich partiya tashkilotida 21 mingdan ziyod aʻzolarni birlashtirgan. Xalq deputatlari viloyat Kengashida 7 nafar, shahar- tuman kengashlarida 104 nafar deputat partiyadan saylangan deputatlar faoliyat olib bormoqda.

– O'tgan davr mobaynida partiya kengashlarining deputatlar bilan aloqasi mustahkamlandi, – deydi partiya viloyat Kengashi raisi Badriddin Nasriyev. –Xalq dardiga quloq tutish, ularning muammolarini o'rganishda birgalikda faoliyat olib borilmoqda. Joylarda parlament, deputatlik va jamoatchilik nazorati kuchaytirildi. Natijada aholining ularga bo'lgan ishonchi yanada oshmoqda.

Tadbir davomida partiyamiz faxriylaridan (marhum) O'zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov, Do'pol Nosirova, Mayram Shodiyeva, Dilbar Imomova, Mahorat Boqiyeva va bir qator faollarimizning ismlari alohida tilga olindi. Ularning faoliyati davomida partiya dasturiy g'oyalarini keng targ'ib qilishdagi, ommalashtirishdagi o'rni eʻtirof etildi.

Shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol qatnashib, partiya nufuzini oshirishda fidoyilik ko'rsatib kelayotgan faxriylar, deputatlar va faollar mehnati alohida taqdirlandi.

 O'zbekiston XDP viloyat kengashi axborot xizmati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
58
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumanida olib borilgan tadbirlarda 'Qaratau' nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Anhorli' mahallasida yashovchi A.D. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan.Ushbu

16 Jul 13:49
 
98
0
xs.uz

Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi

Maʼlum qilinishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida XIX asrga oid 'Sirli masjid' arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan qurilish korxonasi rahbari O.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 3-qismi va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.Shundan soʻng, ayblanuvchi O.P. tomonidan yetkazil

24 Aug 17:26
 
5
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta

06 Jul 15:41
 
74
0
qalampir.uz

4 viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Joriy yilning 7-9 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. Bildirilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilingan: Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida; Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan