calendar 26 Aug 12:29
eye 42
comments 0
comments Manba: xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urdi. Italiyaliklar futbolchini “Oʻzbek Messi”si deb atamoqda (+video)

image


Italiya poytaxtidagi 'Olimpiko' stadionida futbol boʻyicha Italiya chempionatining 2024/2025-yilgi mavsumi 2-tur uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 'Roma' va 'Empoli' klublari toʻqnash keldi.

Unda 'boʻrilar' sharmandali magʻlub boʻldi. Birinchi boʻlim oxirida 'Empoli' hujumchisi Lorenso Kolomboning uzatmasidan keyin Emmanuel Gyasi boshi bilan toʻpni darvozaga kiritdi. Ikkinchi gol esa uchrashuvning 61-daqiqasida Kolombo penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bahsning 77-daqiqasida zahiradan maydonga tushirdi. 4 daqiqa oʻtar-oʻtmas gol muallifi boʻldi. Tommaso Baldansi oshirgan toʻpni Eldor boshi bilan darvozaning pastki oʻng burchagiga joylab qoʻydi. Qolgan daqiqalarda 'Roma' hisobda oʻzgarish qila olmadi va magʻlubiyatga uchradi.

Hamyurtimiz juda ajoyib oʻyin koʻrsatdi va bu Italiyada keng muhokamalarga sabab boʻldi. 'Reddit' tarmogʻidagi muhokamada Shomurodovni jamoa uchun muhim oʻyinchi ekanligini, uni jamoa sardori qilish yaxshi ish boʻlishini aytgan boʻlsa, yana boshqa foydalanuvchilar uni 'Oʻzbek Messi'si deb atashgan.

'Empoli' turnir jadvalida oltinchi oʻringa koʻtarilib oldi, 'Roma' esa 15-oʻringa tushib ketdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘lmoqda

Sportchilar Parij-2024 Olimpiya shaharchasida oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda “L'Equipe”  xabar berdi. Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar iste’mol mahsulotlari hamma uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun ba’zi turdagi oziq-ovqatlarni ratsionga kiritishlari kerak. Misol uchun, sportchilar tovuq tuxumining kamligi va boshqa ba’zi mahsulotlarni yetkazish tezligidan shikoyat qilmoqda. Olimpiya shaharchasida faoliyat yurituvchi “Sodexo

26 Jul 10:21
 
52
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp

08 Sep 16:45
 
23
0
xs.uz

Safiya Burxanova uch karra Paralimpiya oʻyinlari sovrindori!

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi.Ushbu yoʻnalishda qatnashgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.12 metr natija koʻrsatib, delegatsiyamiz hisobiga oltinchi kumush medalni qoʻshib qoʻydi.Maʼlumot uchun, Safiya Burxanova bundan avval 'Rio-2016' Paralimpiya oʻyinlarida kumush va '

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  “Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi.