calendar 26 Aug 12:29
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganmi?

image
Oʻzbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganmi? Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori Akmal Nazarov bu haqda maʼlumot berdi.

Uning bildirishicha, qoidaga koʻra, bank va fuqaro oʻrtasidagi munosabatlarning barchasi fuqarolik huquqiy shartnoma hisoblangan kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bank bilan fuqaro oʻrtasidagi shartnomada fuqaroning xorijiy davlatga chiqishiga cheklov oʻrnatadigan hech bir qoida yoʻq. Boʻlgan taqdirda ham noqonuniy hisoblanadi.

Shu bilan birga baʼzi hollarda, xususan, fuqaro qarzlarini vaqtida toʻlamagan va ishi MIBga chiqqan taqdirda qarzdorning xorijga chiqishi cheklanishi mumkinligini qayd etdi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish etish toʻgʻrisidagi qonunga asosan, sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor shaxs tomonidan uzrsiz sababga koʻra ijro etilmaganda davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekistondan chiqishii vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.

Faqat sud organlarining qarori bilangina fuqaroning xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
35
0
xs.uz

Fargʻonada metan “zapravka” davlat va jamiyat manfaatlariga 792,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlandi

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasida 304,8 ming kub. metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi va 'Oʻzenergoinspeksiya' xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan . Unda 'F.M.' MChJ masʼul shaxslari Oʻzbekiston tumani Qaynar MFY hududi

26 Aug 12:29
 
26
0
xs.uz

Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini maʼlum qildi.Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tom

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotganini koʻrsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi boʻyicha ishonchni oshirmoqda.Nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda.Inflyatsiyaning kutil

17 Jul 13:24
 
108
0
xs.uz

1 milliard dollar mablagʻ ishlatilmasdan turibdi - Prezident

Yigʻilishda prezident investitsiya va tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi komplekslaridagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Taʼkidlanganidek, oʻtgan olti oyda iqtisodiyotga 15,5 milliard dollar xorijiy, shundan 14 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritildi. Oʻsish - 2,1 barobar. Biroq, har bir dollar investitsiya hisobiga yaratilgan qoʻshilgan qiymat koʻrsatkichi barcha tarmoq va hududlarda ham qoniqarli emas. Bu toʻqimachilik, charm, farmatsevtika tarmoqlarida