calendar 17 Jul 13:24
eye 111
comments 0
comments Manba: xs.uz

1 milliard dollar mablagʻ ishlatilmasdan turibdi - Prezident

image
Yigʻilishda prezident investitsiya va tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi komplekslaridagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Taʼkidlanganidek, oʻtgan olti oyda iqtisodiyotga 15,5 milliard dollar xorijiy, shundan 14 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritildi. Oʻsish - 2,1 barobar. Biroq, har bir dollar investitsiya hisobiga yaratilgan qoʻshilgan qiymat koʻrsatkichi barcha tarmoq va hududlarda ham qoniqarli emas. Bu toʻqimachilik, charm, farmatsevtika tarmoqlarida, Sirdaryo va Buxoroda 2 dollarga, Toshkent shahri, Surxondaryo, Jizzaxda esa 2,5 dollarga yetmasligi koʻrsatib oʻtildi. Yoki, har 1 ming dollar xorijiy investitsiya soliq tushumini oʻrtacha 600 dollarga oshirgan boʻlsa, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax va Surxondaryoda bu 300 dollardan kam. Mutasaddilarga investitsiya loyihalari dasturini shakllantirishda ularni puxta tahlil qilish, qoʻshilgan qiymatni karrasiga oshiradiganlarini kiritish topshirildi.

Qayd etilishicha, soʻnggi ikki yilda chetdan kelgan, biroq haligacha oʻrnatilmagan 183 million dollarlik uskunalarni toʻliq ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

Viloyat hokimlari, tarmoq rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalardagi ishlab chiqarishni kamaytirgan korxonalar bilan manzilli ishlash topshirildi.

Investitsiya hisobiga tashkil etilgan ayrim korxonalar hozirda ishlamayotgani tanqid qilindi. Shu munosabat bilan har bir loyiha bilan yakka tartibda ishlash, muammosini hal qilishga koʻmaklashish shartligi qayd etildi.

Sohalar rivoji uchun Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasidan berilgan 650 million dollar arzon resurs, banklarda xorijdan jalb qilingan 1 milliard dollar mablagʻ ishlatilmasdan turgani koʻrsatib oʻtildi. Yil yakunigacha bu mablagʻlardan toʻliq foydalanib, loyihalarni amalga oshirish topshirildi. Joriy yilda sanoat zonalari infratuzilmasi uchun 1,5 trillion soʻm mablagʻ ajratilgan. Buning hisobidan sanoat zonalaridagi 79 ta infratuzilma obyektlarini toʻliq foydalanishga topshirish vazifasi qoʻyildi. Hududlardagi yirik loyihalarni infratuzilmaga ulashni tezlashtirish maqsadida qiymati 200 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan loyihalar uchun infratuzilma qurib berish tartibini soddalashtirish zarurligi qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 19:59
 
79
0
xs.uz

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda, 'A.T.' MCHJ rahbari D.Y. (muqaddam sudlangan) F. MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish bo

24 Aug 17:27
 
19
0
xs.uz

Restoran va kafelarga QQSning 40 foizgacha qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi

Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi. Bu haqda 20-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.Muloqotda prezident umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona xizmatlarining eng katta muammosi QQS va ishchilar hisobini yuritish ekanidan xabardorligini taʼkidlagan. 'Shu bois, 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkor

23 Jul 10:40
 
71
0
postda.uz

“BUXORO TAJRIBASI”NING “MAHALLABAY” MUHOKAMASI

Buxoro viloyatida mahallalarda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni viloyat hokimi boshchiligida sektor rahbarlari tomonidan keng muhokama qilish bo‘yicha “Buxoro tajribasi” yaratildi. Navbatdagi “mahallabay” muhokama G‘ijduvon tumani hokimligi majlislar zalida o‘tkazildi. Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan muhokamada viloyat hokimi B.Zaripov, viloyat prokurori U.Hamdamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik I.Tursunov boshchilig

24 Aug 17:27
 
22
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,72 soʻmga tushdi va 12 625,21 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 33,15 soʻmga oshib, 13 982,42 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,72 soʻmga tushib, 138,42 soʻmni tashkil qildi.