calendar 24 Aug 17:27
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Restoran va kafelarga QQSning 40 foizgacha qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi

image
Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi. Bu haqda 20-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

Muloqotda prezident umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona xizmatlarining eng katta muammosi QQS va ishchilar hisobini yuritish ekanidan xabardorligini taʼkidlagan. 'Shu bois, 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga keshbek sifatida qaytarib beriladi. Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi toʻlangan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam boʻlsa, keshbek 20 foiz boʻladi', degan davlat rahbari.

Shu bilan birga, QQS toʻlashga oʻtgan restoran va kafelarga foyda soligʻi 2 karra kamayadi. 1-dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Ularga bahor va yoz mavsumida oʻzlariga tutash maydonlarda stol-stul va soyabon qoʻyib ishlashga ruxsat beriladi.

Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzishi mumkin boʻladi. Xuddi shu kabi 1-oktyabrdan mehmonxona va turoperatorlarga ham toʻlangan QQSning 20 foizi keshbek qilib beriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 16:20
 
118
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'25,45'soʻmga tushdi va'12 574,38'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'49,00'soʻmga pastlab,'13 626,86'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'2,26'soʻmga tushib,'145,52'soʻmni tashkil qildi.'

03 Sep 21:35
 
14
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati pensiya toʻlovlarini bank kartasida oluvchi fuqarolarning sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi. Bu haqda pensiya jamgʻarmasi xabar qildi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda bayramni koʻtarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqa

11 Aug 03:44
 
32
0
xs.uz

Xorazmda gʻisht zavodi qariyb 4,8 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagani maʼlum boʻldi

Xorazm viloyatida gʻisht ishlab chiqarish zavodi 4 mlrd 786 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi gʻisht ishlab chiqarish zavodida yirik oʻgʻrilik holati fosh etilgan.Unga koʻra, Tumandagi 'X.Sh.' MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymati belgilandi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,98 soʻmga oshdi va 12 643,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 18,66 soʻmga koʻtarilib, 13 806,16 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,58 soʻmga pastlab, 143,33 soʻmni tashkil qildi.