calendar 16 Jul 13:49
eye 103
comments 0
comments Manba: xs.uz

Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi

image
Maʼlum qilinishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida XIX asrga oid 'Sirli masjid' arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan qurilish korxonasi rahbari O.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 3-qismi va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Shundan soʻng, ayblanuvchi O.P. tomonidan yetkazilgan 554,4 mln. soʻm zarar uch karra miqdorda yaʼni 1 mlrd. 663 mln. soʻm qoplanganligi sababli qonunchilik talablariga asosan, unga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.

'Hozirda, mazkur jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilib, belgilangan tartibda koʻrib chiqilmoqda', deyiladi xabarda.

Prokuratura matbuot xizmatining eslatishicha, Jinoyat kodeksining 132-moddasi 4-qismiga asosan, tarixiy yodgorlikka yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 18:27
 
71
0
xs.uz

Namangandagi 10 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid deb topildi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmi mobaynida Mingbuloq, Kosonsoy, Pop, Norin, Namangan, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Chust, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tuman hokimliklarida 'Raqobat toʻgʻrisida'gi qonun talablari ijrosi yuzasidan jami 4214 ta normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan oʻrganishlar olib borilgan.Unda ushbu tuman hokimliklarida tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib kel

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

18 Jul 11:58
 
145
0
qalampir.uz

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Samarqand viloyatida avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.  Voqea 13 iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani M.Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon Trakt” avtomobil yo‘lining 94-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Midibus SAZ NP 21 rusumli avtomobilida “Payshanba-Kattaqo‘rg‘on shaha

19 Aug 07:03
 
19
0
xs.uz

Toshkent viloyatida nomaʼlum shaxs mansabdorning xonasiga 5 ming dollar tashlab ketdi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻining xizmat xonasiga nomaʼlum shaxs 5 ming AQSH dollari qoldirib ketdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 16-avgust kuni MMTB boʻlim boshligʻi Nazokat Oʻrazovaning xizmat xonasida shubhali fayl papka qoldirib ketilgan. Mazkur papka xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning ichida 5