calendar 19 Aug 07:03
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent viloyatida nomaʼlum shaxs mansabdorning xonasiga 5 ming dollar tashlab ketdi

image
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻining xizmat xonasiga nomaʼlum shaxs 5 ming AQSH dollari qoldirib ketdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16-avgust kuni MMTB boʻlim boshligʻi Nazokat Oʻrazovaning xizmat xonasida shubhali fayl papka qoldirib ketilgan. Mazkur papka xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning ichida 5 ming dollar miqdoridagi pul mablagʻi borligi aniqlangan.

'Mavjud vaziyat Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning shaxsan nazoratiga olindi hamda holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrnatilgan tartibda xabardor qilindi. Ayni vaqtda zarur surishtiruv ishlari olib borilmoqda', deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, Nazokat Oʻrazova vazirning tegishli buyrugʻi asosida halolligi uchun lavozim maoshining 3 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Ijtimoiy karta” joriy qilinadi. U aholiga qanday imtiyozlar beradi?

'Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.Maʼlum qilinishicha, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib bir qator vazifalar belgilanmoqda.Xususan, endilikda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 'Ijtimoiy karta' axborot tizimini joriy etish orq

14 Aug 06:37
 
20
0
xs.uz

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosi tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani'koʻrsatib oʻtildi.Asosiy masalaga oʻtishdan avval Prezident yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlik

26 Jul 11:09
 
60
0
xs.uz

Samarqandda test sinovlari yakunlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimining xabar berishicha, oʻtgan vaqt davomida test sinovlariga jami 77068 nafar abituriyent qatnashdi. Ayrim sabablarga koʻra, qatnashishi rejalashtirilgan 7187 nafar abituriyent imtihonga kelmadi.Shu kunga qadar test sinovlarida taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani, jarayonda test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan, vaqtida yakunlamagan), taqiqlangan vositalarni ishlatgani uchun jami 23 nafar abituriy

26 Jul 10:23
 
62
0
xs.uz

Fargʻonada kuchli sel koʻchalarni qum-shagʻalga toʻldirdi

Qayd etilishicha, soat taxminan 15:30 atrofida jala yomgʻiri va doʻl yoqqan. Oqibatda 'Qurqul' va 'Bukan' sel yoʻlidan aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda 1,5html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2 m3/s sel oqimi oqib tushgan. Toshqin suvi aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.Shuningdek, Shohimardon MFY hududida joylashgan 'Tosh' sel yoʻlidan soat taxminan 15:30 larda jala yomgʻir va doʻl yogʻishi natijasida 4-5 m3/s sel oqimlari vujudga ke