calendar 14 Aug 06:37
eye 21
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosi tahlil qilindi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani'koʻrsatib oʻtildi.

Asosiy masalaga oʻtishdan avval Prezident yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimi ' Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosini tahlil qildi.

Bu borada yaxshi natija koʻrsatayotgan tumanlar koʻp. Lekin ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, Uychi tajribasi asosida respublika boʻyicha 500 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Lekin, 15 ta tuman va shahar rejasi 90 foizga yetmagan.

Yoki, Sayxunobod tajribasi asosida har bir mahallada 10 tadan mikroloyiha qilish zarur. Bu orqali respublikada jami 132 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 242 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Biroq 26 ta tumandagi 46 ta mahallada nomigagina 1-2 ta mikroloyiha qilingani tanqid qilindi.

Bir oy oldin Gʻijduvon tajribasi asosida tuman hokimlariga 1 mingta mahallani oʻzida 'tepaga oʻsadigan' (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish topshirilgan edi. Lekin, birorta tuman hokimi hisob-kitob qilib, nechta loyiha qilishi va qancha ish oʻrni yaratishi boʻyicha rejasini tasdiqlagani yoʻq.

Zarbdor tajribasi boʻyicha rahbarlar ijro muddati 1-oktyabr, deb xotirjam yurganiga qatʼiy eʼtiroz bildirildi.

Mutasaddilar ushbu 4 ta tuman tajribasi boʻyicha sustkashlikka yoʻl qoʻygan barcha rahbarlarga chora qattiq boʻlishi haqida'ogohlantirildi.

Sayxunobod va Uychi tajribalarida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarga javobgarlik choralarini koʻrish, qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi.

Zarbdor tajribasi asosida har bir tuman va shaharda kamida 5 tadan 'drayver' loyihani shakllantirish, Gʻijduvon tajribasi asosida 1 mingta mahallani oʻzida 'tepaga oʻsadigan' (vertikal) sanoat binolari loyihalarini tayyorlab, yil yakunigacha ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.

Umuman, tajribalarning har biri boʻyicha masʼullarga aniq KPI belgilanib, ijrosi ustidan qatʼiy surov oʻrnatilishi belgilandi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar ' Buxoro viloyati misolida tadbirkorlarga koʻproq sharoit yaratish, har bir tumanni ixtisoslashtirish, energiyadan oqilona foydalanish, yashil manbalarni koʻpaytirish, tuman idoralarini samarali ishlashga oʻrgatish'koʻrib chiqildi.

Ikki oy oldin Buxoroga tashrifda hamma muammolar yechimi koʻrsatib berilgan edi. Tashrifdan keyin viloyatga 1,4 trillion soʻm ajratildi. Bugun Prezident tomonidan imzolangan qarorlarga muvofiq viloyatga tadbirkorlik uchun qoʻshimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratiladi.

Viloyat hokimi, uni oʻrinbosarlari, tuman hokimlari shunga munosib ishlab, joylardagi tashkilotlar oldiga aniq vazifa, xodimlariga KPI belgilab, har kuni aniq natijaga ishlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Kelgusida har bitta tarmoq va viloyatdagi haqiqiy ahvol shunday tahlil qilinib, muhokama oʻtkazilishi belgilandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 23:33
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 20-iyul kuni havo harorati 40 darajadan oshmasligi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekun

19 Jul 16:16
 
85
0
qalampir.uz

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi

2024 yilning birinchi yarmida litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir auditoriyagina taniydigan yoki bo‘lmasa “litsenziya”ga ega bo‘lmagan ijodkorlar ham teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda mehmon sifatida ishtirok etmoqda. “Vaholanki, har qanday  san’atkor o‘z

28 Jul 02:32
 
123
0
xs.uz

Toshkentda shifokorlarni kaltaklagan “mushtumzoʻr”larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida ikki nafar shifokor bemor va uning tanishlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.Bildirilishicha, Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida ikki nafar shifokorga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilar protsessual ta

24 Aug 17:26
 
13
0
xs.uz

Prezidentning “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.Hurmatli anjuman qatnashchilari!Qadrli doʻstlar!Avvalo, Oʻzbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy merosini oʻrganish va targʻib etishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan siz, azizlarni 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongressning ochi