Prezidentning “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi

Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Qadrli doʻstlar!
Avvalo, Oʻzbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy merosini oʻrganish va targʻib etishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan siz, azizlarni 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongressning ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Dunyoning uzoq va yaqin davlatlaridan tashrif buyurgan sizlar kabi koʻzga koʻringan ilm-fan va sanʼat arboblari, olim va tadqiqotchilar, ekspert va restavratorlar, muzeyshunos va boshqa oʻnlab soha mutaxassislarining ulugʻ allomalar diyori boʻlgan, birinchi va ikkinchi Sharq renessansini yaratishda ulkan oʻrin tutgan yurtimizdagi ilmiy-madaniy meros namunalarini oʻrganishga katta qiziqish va eʼtibor bilan qarayotgani bizni albatta mamnun etadi.
Bu borada Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyati tomonidan oʻtkazilayotgan xalqaro anjumanlar muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.
Kongressning bu galgi sakkizinchi yigʻilishi doirasida mamlakatimizda bunyod etilayotgan, madaniy-gumanitar yoʻnalishdagi megaloyiha ' Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining joriy va kelajakka moʻljallangan ilmiy dastur va rejalari muhokama qilinishi ayniqsa diqqatga sazovordir.
Bunda buyuk alloma va mutafakkirlarimizning dunyo, xususan, musulmon ilm-fani va sivilizatsiyasi ravnaqiga qoʻshgan munosib hissasi, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyati boʻyicha fundamental tadqiqotlar oʻtkazishga oid dasturlar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, hech shubhasiz, oʻzaro hamkorligimiz uchun yangi imkoniyat va istiqbollar ochib beradi.
Bu haqda soʻz yuritganda, sizlarning ishtirokingizda tayyorlangan 'Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida' loyihasi doirasida 70 jildlik kitob-albomlar nashr qilinib, yurtimiz va chet ellardagi eng mashhur kutubxonalar, oliygoh va muzeylar, nufuzli ilm-maʼrifat maskanlariga yetkazib berilganini taʼkidlash lozim. Ana shu ishlarning davomi sifatida anjuman kunlarida mazkur turkumdagi yana 10 ta yangi jild taqdimoti oʻtkazilishi ham muhim madaniy hodisadir.
Fursatdan foydalanib, xalqimizning qadimiy va betakror madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatib kelayotgan siz, azizlarga, olim va tadqiqotchilar, noshir va jurnalistlar jamoasiga, shuningdek, jahondagi turli fond va kolleksiyalarda xalqimizning tarixiy va madaniy yodgorliklarini asrab-avaylab, bizning mutaxassislarimiz bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan olijanob insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Biz sizlarning barchangizni Oʻzbekistonning chinakam doʻstlari deb bilamiz va ilmiy-ijodiy faoliyatingizni yuksak baholaymiz. Yurtimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, birinchi navbatda, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi eshiklari sizlar uchun doimo ochiq.
Mohiyat eʼtibori bilan oʻzida Vatanimizning shonli oʻtmishi, bugungi hayoti va buyuk kelajagini namoyon etishga xizmat qiladigan bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.
Ishonchim komil, Xalqaro kongress doirasida mamlakatimizdagi madaniy yodgorliklar, tarixiy-meʼmoriy obidalar, nodir qoʻlyozmalar va kitob fondlarini oʻrganish hamda ularni asrash va targʻib etish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishib, hamkorligimizni rivojlantirish boʻyicha yangi taklif va tavsiyalarni bildirasizlar. Anjuman jarayonida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar, hurmatli olimlarimizning ilmiy maʼruzalari, muhim gʻoya va tashabbuslari Yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy-maʼnaviy taraqqiyotiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshiladi, deb oʻylayman.
Sizlarni bugungi nufuzli anjumanning ochilishi bilan yana bir bor qutlar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizga yutuq va omadlar tilayman.
Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri boʻlgan Oʻzbekistonga ' tinchlik, doʻstlik va ilm-maʼrifat diyoriga xush kelibsiz!
“Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
'Xalq soʻzi' va 'Народное слово' gazetalari tahririyati tomonidan 2024-yil boshida eʼlon qilingan 'Eng yaxshi maqolalar' tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.Tanlov shartlarida gʻoliblarni yil yakuni boʻyicha aniqlash hamda ularni munosib taqdirlash koʻzda tutilganligini inobat olib, hakamlar hayʼati tomonidan 'Xalq soʻzi' va 'Народное слово' gazetalarida bugungi kungacha chop etilgan ijodiy materiallar koʻrib chiqildi va ular orasidan mamlakatimizda turli sohalarda
Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m
Buyuk oʻzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, bu dargoh nafaqat oʻtmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bogʻlaydigan, taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi boʻlishi zarurligini taʼkidladi.Davlatimiz rahbarining tashabbusi va gʻoyasi asosida bunyod etilayotgan ushbu majmuada yurtimizdagi islom madaniyati bilan bogʻli
Mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta'minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo'yicha tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 'Yagona milliy mehnat tizimi' idoralararo dasturiy-apparat majmuid