calendar 26 Jul 11:19
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

Navoiyda ikkita tibbiyot binosi foydalanishga topshirildi

image


Mazkur boʻlim Shveysariyaning 'Daytech' kompaniyasi bilan oʻzaro kelishuv asosida 530 ming dollarlik angiografiya qurilmasi bilan jihozlangan. U yurak-qon tomir va sohadagi boshqa turli kasalliklarni erta aniqlash hamda oldini olishga xizmat qiladi. Qurilmadan neyroxirurgiya, nevrologiya, kardiologiya, qon-tomir jarrohligida, urologiya va terapiyada foydalanish mumkin.

Viloyatning Nurota tumanida tugʻruq kompleksi toʻliq qayta taʼmirlanib, barcha qulayliklarga ega holda topshirildi.



' Markazimiz 2001-yilda qurilgan boʻlib, yiliga 1800 dan ziyod tugʻruq va yuzlab murakkab akusherlik-ginekologiya operatsiyalari oʻtkaziladi, ' deydi boʻlim shifokori Mohigul Jabborova. ' Toʻliq rekonstruksiyaning amalga oshirilishi koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatimiz sifatini yanada oshirish imkonini taqdim etadi.



Rekonstruksiyadan soʻng muassasada ginekologiya boʻlimi, tugʻruqqa tayyorlash boʻlimi va tugʻruqxona boʻlimi faoliyati davom ettirilib, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda kasalliklar aniqlansa, shu joyning oʻzida ularni davolash imkoniyati bir qadar kengaytirildi. Shuningdek, majmuada skrining markazi, UTT, EKG, raqamli rentgen apparati, barcha tahlillarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy laboratoriya hamda tahlillarni elektron tarzda shifokorlarga yuborish, respublika shifoxonalari bilan videokonferensiya aloqa oʻrnatgan holda tashxis qoʻyish va boshqa tibbiyot amaliyotlarini bajarish imkoniyati yaratildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
28
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. &n

26 Jul 10:21
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Ijtimoiy karta” joriy qilinadi. U aholiga qanday imtiyozlar beradi?

'Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.Maʼlum qilinishicha, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib bir qator vazifalar belgilanmoqda.Xususan, endilikda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 'Ijtimoiy karta' axborot tizimini joriy etish orq

15 Jul 12:03
 
84
0
qalampir.uz

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar noma’lum muddatga yopiladi

Bugun, 15 iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim ko‘chalarida avtotransport harakati noma’lum muddatga cheklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati quyidagi hududlarda vaqtinchalik cheklanadi: Temur Malik-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Mali

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo