calendar 26 Jul 10:20
eye 28
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

image

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

 

Holat yuzasidan jabrlanuvchining onasi tomonidan yo‘llangan murojaatga asosan, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Koson tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisi O.G‘.ga voyaga yetmagan shaxsni urganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan. Ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudiga yuborilgan.

Shuningdek, xabarda ish bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Kaltak yegan bola keyin Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev bilan uchrashdi. Do‘kon sotuvchisi esa 15 sutkaga qamaldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 21:53
 
117
0
qalampir.uz

Abdulla Aripov va Otabek Umarov Grozniyda Ramzan Qodirov bilan uchrashdi (video)

Kecha, 16 iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Chechenistonning Grozniy shahrida o‘tkazilayotgan Kavkaz investitsiya forumi doirasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi. Bu haqda Qodirovning Telegram-kanalida ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida hududlar o‘rtasidagi qator sohalardagi hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, strategik hamkorlikni rivojlantiri

12 Jul 19:31
 
121
0
qalampir.uz

Prokuror suddan “Baxti Tashkentskiy” uchun 20 yil qamoq jazosi so‘radi

Jinoyat olamizda “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan 1971 yilda tug‘ilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev 2023 yilning noyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan edi. Dastlab u Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan. 5 oydan ortiq davom etgan tergov harakatlari davomida Qudrat

15 Jul 12:03
 
72
0
qalampir.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari

15 Jul 12:03
 
93
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Trampga hujumni qoraladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentligiga nomzod Respublikachi Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. “Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari ushbu zo‘ravonlik h