calendar 09 Oct 20:21
eye 50
comments 0
comments Manba: xs

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Namangan davlat universitetida bo‘ldi

image

Foto: "Xalq so‘zi"

Namangan davlat universitetiga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian tashrif buyurdi.

Elchi universitetda tashrif davomida so‘nggi yillarda olib borilayotgan akademik va ilmiy ishlar, «Erasmus+ dasturi» loyihalari natijalari, fakultetlar faoliyati, ularda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng yangi tashkil etilgan biotexnologiya fakulteti laboratoriyalaridagi mashg‘ulotlar jarayonini bevosita kuzatib, talabalar bilan suhbatlashdi.

Yangi tashkil etilgan IT-PARK, axborot resurs markazi ham Sharlotta xonimda iliq taassurot qoldirdi. Universitet professor-o‘qituvchilari bilan ham qizg‘in suhbatlashgan elchi bu yerda ilmiy yutuqlar uchun mustahkam poydevor mavjudligini eʼtirof etdi.

Taʼkidlash o‘rinliki, ayni paytda Namangan davlat universiteti Polsha, Ruminiya, Gretsiya, Italiya va Portugaliyaning bir qator nufuzli OTMlari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan. Hozirga qadar  yuzga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarida ishtirok etganlar. “Aymep”, “Uzdok”, “Modehed” kabi 3 yillik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Mehmonali Egamberdiyev, Otabek Imomov, Saidjalol Hasanov, Jasur Isroilov, Asatullo Sulaymonov, Mirzohid Askarov, Botir Jafarov, Olimjon Dadaboyev, Dilmurod Mahmudjanov kabi yosh o‘qituvchilar Polsha, Italiya, Ruminiya kabi davlatlardagi nufuzli OTMlarda akademik almashinuv bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, ularning aksariyati hozirda falsafa doktori  dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.

Muloqotda ular tomonidan o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan Yevropa tajribalari, kredit-modul tizimida tadbiq etilayotgan metodlar xususida Sharlotta Adrianga batafsil maʼlumot berdilar.

Elchi Namangan davlat universitetida olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi va kelgusida bu kabi hamkorlik davom etishini mamnuniyat bilan taʼkidladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
317
0
xs.uz

Davlat rahbari sanepidxizmat foliyatidagi kamchiliklarga toʻxtaldi

Taʼkidlanganidek, sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzining mahsulotiga Sanepidqoʻm xulosasini olish tizimidan norozi.Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import boʻlmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqoʻm xulosasi yoʻqligi uchun ishlab chiqarishni boshlay olmayapti. Xulosa berish uchun esa standart yoʻq.Qoʻmita rahbariyati 'bu mahsulotga bizda standart yoʻq', deb kutib oʻtirmasdan, oʻzi tashabbus qilib, tadb

21 Apr 08:34
 
307
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b

21 Apr 08:34
 
316
0
xs.uz

“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke

24 Mar 13:25
 
82
0
xs.uz

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv shaklda amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o'tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko'rsatilishi belgilandi.Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qil