calendar 06 Oct 12:10
eye 41
comments 0
comments Manba: daryo

Tramp 25 yil ichida ilk bor Forbes’ning eng boy amerikaliklar ro‘yxatiga kiritilmadi

image

Forbes jurnali 2021-yil uchun AQShning eng boy 400 kishisi reytingini e’lon qildi. 25 yil ichida birinchi marta mamlakatning sobiq prezidenti Donald Tramp ushbu ro‘yxatga kiritilmadi.

Foto: RT

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 400 ta eng boy amerikaliklarning umumiy boyligi 1,8 trillion dollarni tashkil etadi, bu 2020-yilga qaraganda 500 milliard dollarga ko‘pdir. Ro‘yxatdagi AQShning sakkizta eng boy kishilari boyligi 100 milliard dollardan oshadi.

To‘rtinchi safar ham Blue Origin aerokosmik kompaniyasi egasi va Amazon asoschisi Jeff Bezos reytingning birinchi pog‘onasini egalladi. Uning boyligi 201 milliard dollarga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rinni SpaceX va Tesla kompaniyalari egasi Ilon Mask egalladi, uning boyligi 190,5 milliard dollarga teng. Uchinchi o‘rinda Facebook egasi Mark Zukerberg turibdi, uning boyligi 134,5 milliard dollarga baholanmoqda.

To‘rtinchi o‘rinni 134 milliard dollar bilan Microsoft asoschisi Bill Geyts egalladi, u 30 yil ichida birinchi marta AQShning eng boy kishilari ikkiligidan joy olmadi. Bunga Geytsning rafiqasi bilan ajrashuvi sababi bo‘ldi, ajrim natijasida u aktivlarning bir qismini sobiq xotiniga o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Reytingdagi eng yuqori beshlikni 123 milliard dollar bilan Google asoschilaridan biri va egasi Larri Peyj  yakunladi. Uning Google’dagi hamkori Moskvada tug‘ilgan Sergey Brin 118,5 milliard dollar bilan oltinchi o‘rinni egalladi.

Qo‘shma Shtatlardagi eng boy odamlar o‘ntaligidan birorta ham ayol joy olmagan. Ro‘yxatdagi birinchi ayol — Walmart supermarketlar tarmog‘i egasi Elis Uolton, 67,7 milliard dollar bilan 12-o‘rinda turibdi. Forbes ta’kidlashicha, umumiy hisobda ayollar ro‘yxatning atigi 14 foizini (56 kishi) tashkil qiladi, ularning qo‘lidagi boylikning umumiy qiymati 564 milliard dollar. Ro‘yxatdagi ayollarning ko‘pchiligi o‘z boyliklarini meros qilib olgan, faqat 10 nafari o‘zi uchun daromad keltiradigan kompaniyalarning asoschisi hisoblanadi.

Reytingning eng keksa a’zosi — Ted Lerner (ishlab chiquvchi, Vashington Nationals beysbol jamoasining sobiq menejeri), u oktabr o‘rtalarida 96 yoshga to‘ladi. Yana ikki milliarder — Elis Shvarts va Devid Gottesman — kelasi yili 96 yoshga to‘ladi. “Yangi qo‘shilgan 29 yoshli Sem Bankman-Frid bilan birga ro‘yxatning 40 yoshdan kichik 14 a’zosi bor”, — deb qayd etadi Forbes.

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp chorak asrda birinchi marta Amerikaning eng boy 400 kishisi ro‘yxatiga kiritilmadi. Buning uchun unga 400 million dollar yetmagan. Hozir uning boyligi taxminan 2,5 milliard dollarga baholanmoqda. Tramp COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri 600 million dollar yo‘qotdi, chunki texnologik kompaniyalardan farqli o‘laroq, uning biznes imperiyasining asosini tashkil etuvchi mehmonxona biznesi va ofis binolari koronavirus pandemiyasi tufayli o‘z egalariga kam daromad keltirdi.

Tramp birinchi marta 1996-yilda AQShning eng boy 400 kishisi ro‘yxatiga kirgandi. O‘shanda u 368-o‘rinni egallagan. 1997-yildan 2016-yilgacha u mamlakatning eng boy 200 kishisidan biri bo‘lgan. U egallagan eng yaxshi pog‘ona 71-o‘rin (2003-yilda) bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
44
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

24 Mar 13:25
 
279
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q

16 Apr 09:12
 
46
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
51
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *