Pxenyan Janubiy Koreya bilan urushni to'xtatish shartini aytdi

Foto: Getty Images
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan Janubiy Koreya bilan urushni to'xtatishga tayyorligi, ammo buning maʻlum shartlari borligini maʻlum qildi.
Gap shundaki, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chjye In joriy hafta ikki koreys davlati hamda ularning ittifoqchilarini (AQSh, Xitoy) rasman ikki o'rtadagi urushga barham berish hamda yarimorolda tinchlik o'rnatishga chorlagan edi.
Shimoliy Koreyada tobora katta siyosiy nufuz kasb etib borayotgan Kim Yo Chjonga ko'ra, o'zaro aloqalarni yaxshilash borasida muzokara boshlash uchun Janubiy Koreya Pxenyanga nisbatan dushmanlarcha munosabatdan voz kechmog'i talab etiladi. Qayd etilishicha, yarim asrdan buyon davom etayotgan urushni rasman tugadi deb eʻlon qilish uchun hozircha asos mavjud emas.
«Ikkiyoqlama munosabat, mantiqsiz talablar, dushmanlarcha odatlar va bizning o'z-o'zini mudofaa qilish huquqimizga daxl qiluvchi g'anim pozitsiyasidan voz kechmoq lozim. Ana shu shartlar bajarilgandagina yuzma-yuz o'tirib, urush tugaganini baralla eʻlon qilish mumkin», – deydi Shimoliy Koreya rahbarining singlisi.
Janub hamda Shimol o'rtasidagi urush 1953 yili sulh bitimi bilan yakunlangan, ammo ikki davlat haligacha urush holatida yashamoqda. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chjye In bir necha yildan buyon 70 yillik urushga butkul barham berishga urinib kelmoqda. Prezident Mun Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan Pektu tog'ida uchrashdi ham. Ammo shimollik «dohiy» tinchlik muzokaralariga ro'yxushlik bermayotir. Uning buyrug'i bilan hatto ikki tomonlama muzokaralar uchun qurilgan maxsus bino portlatib yuborildi.
So'nggi paytlarda esa goh Shimol, goh Janub o'z mudofaa qudratini ko'rsatib, harbiy sinovlar o'tkazmoqda. Pxenyan Seul hamda uning ittifoqchilaridan iqtisodiy sanktsiyalarni bekor qilishni talab etmoqda. Shimoliy Koreya rahbariyatiga esa yadro qurolidan butkul voz kechish talabi qo'yilgan. Ammo har ikki tomon bir-birining shartlariga ko'nmayotir. Kim Chen In esa xalqaro hamjamiyatni xavotirga qo'yib, yadro quroliga ega bo'lish yo'lidagi izlanishlarni qayta boshlab yuborgan.
Shimoliy Koreya rahbarining singlisi Kim Yo Chjon bergan so'nggi bayonot munosabatlar yanada chigallashayotganidan dalolat bermoqda.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Kim Yo Chjon ayni paytda Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo'mitasining targ'ibot va tashviqot bo'limi rahbari o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. U davlat rahbarining vorisi ekani haqida taxminlar mavjud. Xususan, o'tgan yili Kim Chen In yurak jarrohligi operatsiyasidan keyin o'lim to'shagida yotgani, uning o'rnini singlisi egallashi haqida ovoza tarqalgan edi.
Shimoliy Koreya xalq demokratik respublikasi taʻsis etilgan 1948 yildan buyon o'lkani Kimlar sulolasi idora etib keladi. Jumladan, Kim Ir Sen 1948-1994, Kim Chen Ir 1994-2011 yillarda rahbarlik qilgan. Bobosi va otasidan qolgan «taxt»ni esa 2011 yilda Kim Chen In egallagan. "Zamin" yangiliklarini "Odnoklassniki"da kuzatib boring
БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС
Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi
Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl