calendar 23 Mar 16:44
eye 75
comments 0
comments Manba: xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

image
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.

Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.

Maʼlum boʻlishicha, Al-Bardavil mamlakatdagi taniqli shaxslardan biri hisoblanib, u doimiy ravishda mahalliy ommaviy axborot vositalarida koʻrinish berib turgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Bardavil hamda uning rafiqasi namoz oʻqiyotgan chogʻda ularning chodiriga Isroil raketasi kelib tushgan. Mazkur hujumlar oqibatida Xon-Yunus hududida 18 nafar, 24 soat ichida esa mamlakatning boshqa hududlarida 32 nafar falastinlik halok boʻlgan.

Maʼlumot uchun, deyarli ikki oy davom etgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining birinchi bosqichi yakunlangach, Isroil hukumati hafta boshidayoq Gʻazo sektoriga kuchli zarbalar berishni qayta boshlagan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
63
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg

22 Mar 08:54
 
61
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i

13 May 14:38
 
5
0
xs.uz

“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi

'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi

16 Apr 09:12
 
51
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram