Vaziyat keskinlashmoqda. O'zbek-afg'on davlat chegarasi yopildi

Sog'liqni saqlash vazirligi va qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga ko'ra, Respublika maxsus komissiyasi Afg'oniston Islom Respublikasida koronavirus infektsiyasi bilan bog'liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganligini inobatga olib, o'zbek-afg'on Davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to'xtatishga qaror qildi.
Shu bilan birga, Afg'oniston Islom Respublikasi fuqarolariga turistik vizalar berishni hamda turistik firmalardan viza talabnomalarini qabul qilish vaqtincha to'xtatiladi.
Bunda «Termiz-avtoyo'l» chegara o'tkazish punkti orqali quyidagi toifadagi fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi:
- diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalar va xalqaro tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila aʻzolariga;
- xalqaro yuk tashish bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga;
- o'z yurtiga qaytayotgan O'zbekiston Respublikasi va Afg'oniston Islom Respublikasi fuqarolariga.
Koronavirus infektsiyasiga musbat natija aniqlangan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari esa tegishli hududda joylashgan maxsus klinikalarga davolash uchun yuboriladi. Koronavirus infektsiyasiga musbat natija aniqlangan chet el fuqarolari esa O'zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.
Bundan tashqari, sinov tariqasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan O'zbekiston Respublikasiga chegara o'tkazish punktlari orqali kirib kelgan barcha shaxslardan, respublika hududiga kirib kelganlaridan so'ng 7-kuniga qadar koronavirus infektsiyasiga polimeraza zanjirli reaktsiya tekshiruvini o'tkazish va bunda test xarajatlarini Davlat byudjyeti mablag'lari hisobidan qoplash tizimi joriy etiladi. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
Xitoy Raisi Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan qutladi
O'zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaMuhtaram Prezident janoblari!Xitoy taqvimi bo'yicha Yangi yil bayrami munosabati bilan yo'llagan tabrigingiz uchun Sizga samimiy minnatdorligimni izhor etaman.O'zbek xalqining an'anaviy Navro'z bayrami munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan Sizga, O'zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqchiman.Ming yillik tarixga ega Navro'z bahor kelishi va tabiat uyg'onishini ifodalab, o'zbek xalqining bax
Prezident masʼullarga “Doʻstlik” postidagi tirbandlikni bartaraf etish vazifasini topshirdi
Andijonda oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Oʻtgan uch yilda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.Oʻtgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan koʻpi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga toʻgʻri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.
Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga
AQSh yetakchisi ham Oʻzbekiston Prezidentiga tabrik yoʻlladi
Shavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaMuhtaram Prezident janoblari!Amerika Qo'shma Shtatlari halqi nomidan Sizni va butun O'zbekiston halqini ajoyib Navro'z ayyomi bilan tabriklayman. Bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayramidir.Mamlakatlarimiz o'rtasida mustahkam rishtalar o'rnatilayotganligini yuksak qadrlayman va Sizning izchil islohotlar dasturingizni olqishlayman. Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yo'lida hamkorlik qilishni i