calendar 22 Mar 08:54
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xitoy Raisi Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan qutladi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

Xitoy taqvimi bo'yicha Yangi yil bayrami munosabati bilan yo'llagan tabrigingiz uchun Sizga samimiy minnatdorligimni izhor etaman.

O'zbek xalqining an'anaviy Navro'z bayrami munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan Sizga, O'zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqchiman.

Ming yillik tarixga ega Navro'z bahor kelishi va tabiat uyg'onishini ifodalab, o'zbek xalqining baxtli hayotga, el-yurt birligiga va ravnaqiga intilishini aks ettiradi.

O'tgan yil iyul oyida Ostonada bo'lib o'tgan SHHT sammiti doirasidagi samimiy va do'stona uchrashuvimizda Xitoy-O'zbekiston munosabatlari va turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha muhim kelishuvlarga erishdik, ikki tomonlama aloqalarning yangi yo'nalishlarini belgilab oldik.

Erishilgan kelishuvlarimiz samarali amalga oshirilayotgani, ikki davlat o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik izchil mustahkamlanib, e'tiborga loyiq natijalar berayotganini mamnuniyat bilan ta'kidlayman.

Men Xitoy-O'zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beraman va yaqin do'stligimizni yuksak qadrlayman.

Siz bilan birgalikda barcha sohalardagi hamkorlikni ilgari surish, Xitoy va O'zbekistonning yagona taqdir hamjamiyatini barpo etish ishlarini boyitish uchun harakat qilishga tayyorman.

Fursatdan foydalanib, Sizga, Janobi Oliylari, mustahkam sog'lik, oilaviy baxt-saodat, davlat rahbari sifatidagi mas'uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do'st O'zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
22
0
xs.uz

Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi

Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, 'Temirchi Maskan' MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezk

20 Mar 12:53
 
59
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

24 Mar 13:25
 
40
0
xs.uz

Maktab muammosiga homiylik yoʻli bilan yechim topildi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro tumanidagi sport zaliga ega boʻlmagan umumtaʼlim maktablari soni bittaga qisqardi. Navroʻz ayyomi kunlarida Arabxona mahallasida joylashgan 19-sonli maktabda zamonaviy sport inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi 'AKSA Enerji Bukhara' xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal