Turkmaniston prezidenti Tatariston rahbariga alabay zotli kuchuk bolasini sovg‘a qildi (foto)

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov 17-may kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga keldi, deb yozmoqda “Xronika Turkmenistana”.
Dastlab prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama, keyinroq esa kengaytirilgan tartibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Turkmaniston rahbari aprel oyi oxirida Qozonga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining sammitida ishtirok etish uchun borgan o‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani iliq kutib olgani uchun hamkasbiga minnatdorchilik bildirdi.
Muzokaralardan keyin Tatariston muftiysi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga, Turkmaniston muftiysi esa Qozon fojiasida halok bo‘lganlar xotirasiga duo qildi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Paraxat-7 tumanidagi Ashxobod masjidining atrofidagi hudud zudlik bilan tartibga keltirildi. U yerga prezidentlarning tashrif buyurishi kutilayotgan edi, lekin muftiylar prezident saroyida ibodat qiladigan bo‘ldi.
Keyin davlat rahbarlari MI-17-1B vertolyotini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif yakunida Gurbanguli Berdimuhamedov Rustam Minnixanovga Akdo‘st laqabli alabay zotidagi kuchuk bolasini sovg‘a qildi. Kuchukni Minnixanovga “Turkman alabaylari” xalqaro assotsiatsiyasining rahbari Serdar Berdimuhamedov topshirdi. Tatariston yetakchisi hamkasbiga “original sovg‘a” uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Turkmaniston parlamenti “Xizmat ko‘rsatgan itboqar” va “Xalq itboqari” faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qabul qilgani haqida xabar berilgandi. 21-aprel kuni Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan itboqar” unvoni bilan taqdirladi.
Bundan tashqari, Berdimuhamedov Turkmaniston poytaxtining yubileyi kuni tug‘ilgan birinchi chaqaloqqa Ashxobod deb ism qo‘yishni buyurgan edi. Shuningdek, u teatrlarda “xalqning baxtli hayoti” to‘g‘risidagi spektakllar yo‘qligi sabab madaniyat vaziriga hayfsan bergan.
SHuningdek, Turkmanistonda Vazirlar Mahkamasining 7-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bosh vazir o‘rinbosarlariga “Mening oppoq shahrim — Ashxobod” nomli yangi kitobi ustidagi ishlarni yakunlaganini aytdi. Xabarga ko‘ra, Turkmaniston poytaxtining 140 yilligiga bag‘ishlangan mazkur kitobda shahar tarixi, geografiyasi, shuningdek, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan ko‘plab inshootlar tasvirlangan.
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi