Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 'tenderni soxtalashtirish' kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Anqara meri, Imomoʻgʻlining partiyadoshi Mansur Yavash vaziyatga munosabat bildirar ekan, bu qaror'Turkiya sud tizimi uchun sharmandalik ekanligini taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Istanbul universiteti Shahar meri Ekrem Imomoʻgʻlining diplomini bekor qilgan edi. Shu sababli siyosatchi prezidentlikka nomzodini qoʻya olmaydi. U amaldagi prezident Erdoʻgʻonning asosiy raqibi sifatida tanilgan.
'Biz buyuk zulmga duch keldik. Ammo men taslim boʻlmasligimni bilishingizni istayman. Men barchangizni juda yaxshi koʻraman, millatga ishonaman', ' degandi shahar hokimi Imomoʻgʻli.
Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi
Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.
AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi
Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram
Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi
Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi
Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'