calendar 18 May 19:20
eye 39
comments 0
comments Manba: zamin

«Tibbiyot darsliklarining aksariyati xalqaro standartlarga javob bermaydi» — prezident

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 may kuni sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
Rasmiy relizga ko'ra, yig'ilishda tibbiy taʻlim va ilm-fan masalasiga ham to'xtalib o'tilgan.

Taʻkidlanishicha, tibbiyot sohasidagi hozirgi taʻlim uslublari bundan 30-40 yillar avval tasdiqlangan, darsliklarning aksariyati xalqaro standartlarga javob bermaydi. Oliy o'quv yurtlari va ixtisoslashgan markazlarda ilmiy salohiyatga qiziqish, rag'bat kam.

Shu bois, tibbiyot oliy taʻlim muassasalarini transformatsiya qilish, ilg'or xorijiy tajriba asosida, menejyerlar hamda yuqori texnologik uskunalar bilan ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash bo'yicha yangi yo'nalishlar ochish zarurligi taʻkidlandi.

Ordinatura va magistraturada o'qiyotgan iqtidorli yoshlarni xorijda malaka oshirishga yuborish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
«Sog'liqni saqlash tizimiga har yili bir necha trillionlab mablag' ajratiladi, xalqaro kreditlar jalb qilinadi. Ushbu ajratilayotgan mablag'lar samarasini xalqimiz sezishi kerak», – dedi prezident.
Yig'ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

16 Apr 15:12
 
33
0
xs.uz

Orzularidan voz kechmagan afgʻon qizlari

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Afgʻonistonlik Palvosha Doʻstmuhammad va Farimo Murodiy oʻz yurtida ushalmagan orzulariga Termiz shahrida erishmoqda. Ikki dugonaning qalbida tikuvchilikka boʻlgan ishtiyoq bolaligidan boshlab joʻsh urgan. Ular afgʻon milliy liboslarini tikib, oʻz brendini yaratishni orzu qilishadi.' Ota-onam chevar boʻlib, erkaklar va ayollar liboslarini tikishardi, ' deydi Palvosha Doʻstmuhammad. ' Bolaligimdan qoʻl mehnatiga mehrim tushdi. Oʻn ikki yoshimdan bichish-tik

12 Apr 21:15
 
37
0
xs.uz

Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun uchun “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qiladi

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu tarixiy Assambleya Oʻzbekiston parlamenti mezbonligida oʻtkazildi va unda taxminan 130 davlatdan 1400 ga yaqin delegat, shu jumladan 740 nafar parlament aʼzosi, shuningdek 50 dan ortiq xalqaro va kuzatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Tadbirda 100 dan ortiq parlament spikerlari va spiker oʻrinbosarlari ishtirok etgani geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda parlament diplomat

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

Prezident Toshkentdagi zamonaviy savdo majmuasini borib koʻrdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan 'High Town City' majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo'lib,