Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun uchun “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qiladi

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu tarixiy Assambleya Oʻzbekiston parlamenti mezbonligida oʻtkazildi va unda taxminan 130 davlatdan 1400 ga yaqin delegat, shu jumladan 740 nafar parlament aʼzosi, shuningdek 50 dan ortiq xalqaro va kuzatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda 100 dan ortiq parlament spikerlari va spiker oʻrinbosarlari ishtirok etgani geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda parlament diplomatiyasi anʼanaviy xalqaro munosabatlarda muhim oʻrin tutishini koʻrsatdi.
Parlamentlarning ayol aʼzolari Assambleya ishtirokchilarining 37 foizidan ortigʻini tashkil etdi. Bu 2022-yildan beri Parlamentlararo ittifoq Assambleyasida ayollar ishtirokining eng yuqori koʻrsatkichidir.
Assambleya doirasida 70 ga yaqin turli tadbirlar oʻtkazilib, ularda gender tenglik, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, fuqarolar salomatligini saqlash, ekologiya va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan Assambleyaning maxsus yalpi majlisidagi nutqida ilgari surilgan muhim tashabbuslar Ittifoq aʼzolari tomonidan yuqori baholandi.
Davlatimiz rahbari Ukraina inqirozini BMT rahbarligida, amaldagi xalqaro huquq normalari asosida, Falastin inqirozini esa 'ikki xalq uchun ' ikki davlat' tamoyili asosida hal etish, Afgʻonistonni oʻz muammolari bilan yolgʻiz qoldirilmaslik, qayta tiklanadigan energiyaga ustuvorlik berish, 'yashil' texnologiyalarga oʻtishni ragʻbatlantirish, sunʼiy intellekt sohasida butun dunyoda oʻyin qoidalari bir xil boʻlishini taʼminlash va butun dunyo kambagʻallikdan xalos boʻlish yoʻlini birgalikda izlashi kerakligini ilgari surdi.
Assambleyaning yakuniy yalpi majlisida Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva soʻzga chiqib, barcha ishtirokchilarga chuqur minnatdorlik bildirdi. U oʻz nutqida mazkur anjuman nafaqat tarixiy sanani nishonlash bilan ahamiyatli boʻlganini, balki parlamentlararo hamkorlikning yangi davrini boshlab berganini qayd etdi.
Yakuniy yalpi majlisda Parlamentlararo ittifoqning Prezidenti Tuliya Ekson va Bosh kotibi Martin Chungong ham soʻzga chiqib, Assambleya dunyo parlamentlarini bir yuz elliginchi marta bir joyda toʻplagan tarixiy voqea sifatida oʻzining ahamiyatini namoyon etganini, Oʻzbekiston tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilganini va tashkiliy ishlar yuqori darajada amalga oshirilganini alohida eʼtirof etdi.
Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yakunida Global parlament hamjamiyati ijtimoiy taraqqiyot va adolat yoʻlida parlament harakatlariga bagʻishlangan muhim hujjat ' Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda ijtimoiy taraqqiyot borasidagi saʼy-harakatlarni yangilab borishga qaratilgan ishlar, mavjud va yuzaga kelayotgan masalalarga birgalikda yechim topish zaruriyati taʼkidlangan. Mazkur deklaratsiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasidagi nutqida ilgari surgan tashabbuslar qamrab olingan.
Shuningdek, Assambleyada ikkita muhim rezolyutsiya qabul qilindi. 'Falastinda ikki davlatli yechimni ilgari surishda parlamentlarning roli' rezolyutsiyasida davlatimiz rahbarining Falastin inqirozi uchun yagona yechim 'ikki xalq uchun ' ikki davlat' tamoyili asosidagi Isroil-Falastin mojarosini xalqaro huquq asosida tinch yoʻl bilan hal etishda parlamentlarning muhim roli qayd etilgan.
'Barqaror rivojlanishga qarshi qurolli mojarolar taʼsirini yumshatish boʻyicha parlament strategiyalari' rezolyutsiyasida parlamentlarning tinchlikni targʻib qilish, mojarolarning salbiy taʼsirini yumshatish, infratuzilmani saqlab qolish va gumanitar tamoyillarga rioya etishda tutgan roli alohida qayd etilgan.
Ushbu Assambleya Oʻzbekistonning dunyo parlamentarizmidagi yetakchiligini namoyon etdi. Mazkur nufuzli tadbir xalqaro hamjamiyat mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan islohotlarning yorqin samarasi ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida qabul qilingan muhim hujjat ' Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun 'yoʻl xaritasi' boʻlib xizmat qiladi.
'Xalq soʻzi'.
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo
Ulkan salohiyatga ega boʻlgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini toʻldirishga qodir - Shavkat Mirziyoyev. Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Oʻzbekiston-Pokiston biznes forumida ishtirok etdilar.Tadbirda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Pokiston tomonidan 'Al-Rafique Enterprises,' 'Mehran Dates Products', 'Brighto Chemicals', 'Transfopower Industries', 'FWO', 'T.M.C', 'Pakistan Mobile', 'TCS' va boshqa koʻplab kompaniyalar qatnashdi.Davlatimiz rahbari oʻz
Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi
Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.Hodisa tufayli MAN va 'Ford' rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qis