calendar 02 Apr 08:20
eye 26
comments 0
comments Manba: zamin

Qalbaki aktsiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan uddaburon fosh etildi

image
Alkogol mahsulotlarini noqonuniy aylanmasiga chek qo'yish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor maʻlumotlarga asosan, viloyat IIB va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida sifatsiz alkogol mahsulotlarini fuqarolarga sotib kelayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o'tkazildi.

Urganch tumanida o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro O.A shartli xaridorga bir xil raqamli aktsiz markalar bilan qadoqlangan, 0,45 litrlik hajmdagi jami 444 shisha umumiy qiymati 9 324 000 so'mlik 199,8 litr aroq mahsulotlarini sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to'xtatib qolindi.

O'tkazilgan surishtiruv harakatlari davomida ashyoviy dalil sifatida olingan aroq mahsulotlari qopqog'iga yopishtirilgan markalar "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasi (DIЧB) tomonidan tayyorlanmaganligi, aksincha ushbu aktsiz markalar rangli printerda tayyorlanib, qalbakilashtirilganligi maʻlum bo'ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176–moddasi 1–qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
66
0
xs.uz

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yil 23-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtiri

26 Jul 10:20
 
35
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro

26 Jul 12:45
 
80
0
qalampir.uz

27 oktyabr kuni O‘zbekistonda saylov bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi 2024 yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarini  deputatlarini aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkaziladi. Dep

27 Jul 18:04
 
102
0
qalampir.uz

OTM va yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari e’lon qilindi

2024/2025 o‘quv yili uchun ta’lim kesimida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim shakllari, tillar va yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi xabar berdi. Ular quyidagilardan iborat:  kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti; sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti; kechki ta’lim shakli uchun