calendar 02 Apr 06:20
eye 26
comments 0
comments Manba: zamin

O'zbekistonda vaktsinatsiyaning birinchi kunida qancha fuqaro emlangani maʻlum qilindi

image
Vaktsinatsiyaning ilk kunidayoq Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati
Vaktsinatsiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi ko'zda tutilgan.
1 aprel holatiga ko'ra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi.

Vaktsinatsiya bo'yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich qayd etilgan.

Emlash ko'rsatkichlari bo'yicha keyingi o'rinlarni Farg'ona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi.

Aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. O'zbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaktsina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg'armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaktsinasi, 1 million dozasi — O'zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi.

Aholini ushbu vaktsinalar bilan emlash bir paytning o'zida amalga oshiriladi. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaktsina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o'sha vaktsina bilan yakunlaydi. AstraZeneca vaktsinasi bilan 2 marotaba, ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi bilan 3 marotaba emlash ko'zda tutilmoqda. Yaʻni vaktsinatsiya ikki xil vaktsinada ikki xil amalga oshiriladi. Shuningdek, O'zbekistonda xususiy klinikalarga COVID-19’ga qarshi pulli emlash o'tkazishga ruxsat beriladi. To'liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga QR-kodli sertifikat beriladi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
7
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami arafasida 522 kishi afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning oʻttiz uch yilligini nishonlash arafasida 'Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 522

20 Sep 00:21
 
3
0
xs.uz

Jizzaxda “Lacetti” yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilib, pastlikka tushib ketdi

Jizzax viloyatida 'Lacetti' avtomashinasi yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilib, pastga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa 24-iyun kuni soat 13:00 larda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan M-39 'Toshkent-Termiz' avtomobil yoʻlining 982 km da sodir boʻlgan.Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyatida yashovchi 30 yoshli haydovchi 'Lacetti' avtomashinasini boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yoʻqotgani tu

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

10 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan Z.A.ning 13 yoshli o‘g‘li va 10 yoshli qizi bo‘lgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 2 ming AQSH dollariga sotishga ke

11 Aug 03:43
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi

Qadrli hamkasblar!Qozog'iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga an'anaviy do'stona qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan samimiy minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich, sizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlarini ilgari surish yo'lidagi faol sa'y-harakatlaringizni alohida ta'kidlab o'tmoqchiman.Sizning tashrifimiz arafasida e'lon qilingan 'Markaziy Osiyo Reness