calendar 02 Apr 05:10
eye 20
comments 0
comments Manba: daryo

KXDRni deyarli barcha xorijlik diplomatlar tark etdi. U yerda oziq-ovqat va dorilarning kuchli tanqisligi kuzatilmoqda

image

Pandemiya sababli xorijlik diplomatlarning katta qismi, shu jumladan, xalqaro gumanitar tashkilotlar xodimlari Shimoliy Koreyani tark etdi. Mamlakatda mahsulotlar va dori-darmon vositalarining keskin tanqisligi kuzatilmoqda. Bu haqda Pxenyandagi Rossiya elchixonasiga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

Pxenyan

Foto: “RIA Novosti”

“Bugun 18-mart kuni Pxenyandan chiqib ketgan 38 nafar chet el fuqarosining Xitoy bilan chegaradosh Dandun shahrida joylashgan mehmonxonadagi ikki haftalik karantin muddati yakunlandi. Endi ular Pekin yoki Shanxayga qarab yo‘l oladi, u yerdan esa o‘z mamlakatlariga uchib ketadi”, — deyiladi elchixonaning Facebook’da e’lon qilingan xabarida.

Diplomatik vakolatxonaning ta’kidlashicha, “endi KXDRni jamoaviy tark etgan diplomatik vakolatxona xodimlarining hisobini aytish qiyin”.

“Bir narsa aniq, bu oxirgisi emas, xorijliklar mamlakatni tark etishda davom etadi. Hozir bu yerda ular deyarli qolmadi, mamlakatdan chiqib ketmaganlar bor-yo‘g‘i 290 kishidan kamroqni tashkil qiladi. Shimoliy Koreya poytaxtini tark etayotganlarni tushunish mumkin, har kim ham kuch bilan o‘rnatilgan keng ko‘lamli umumiy cheklovlarga, zarur mahsulotlar va dori-darmon vositalarining keskin tanqisligiga, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni hal qilish erkinligining yetishmasligiga dosh berolmaydi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya elchixonasining ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Venesuela, Braziliya, Germaniya, Italiya, Nigeriya, Pokiston, Polsha, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya, Fransiya vakolatxonalarining “eshiklariga qulf osilgan”, xalqaro gumanitar tashkilotlarning barcha xodimlari mamlakatni tark etgan.

“Hozir bu yerda faqat 9 nafar elchi va to‘rt nafar vaqtinchalik ishonchli vakil o‘z mamlakatlari nomidan ish yuritmoqda, lekin shu vaqtgacha faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar xodimlari minimal darajagacha qisqartirildi”, — deyiladi xabarda.

Elchixonaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning diplomatik vakolatxonasi o‘z ishini davom ettirmoqda. “Albatta, bizga ham oson emas, muammo juda ko‘p, bir nechta oila turli sabablarga ko‘ra xizmat safarlarini tugatishga majbur bo‘ldi. Lekin jamoaning ishga layoqatliligi to‘lig‘icha saqlanib turibdi, biz o‘zimizga yuklatilgan barcha vazifalarni bajaryapmiz va bajarishda davom etamiz”, — deb ta’kidladi diplomatik vakolatxona.

Avvalroq Rossiya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) o‘rtasidagi chegaralar bir yildan ortiq vaqtdan buyon yopiq bo‘lgani sababli Rossiya elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolari o‘z vataniga dezina (temiryo‘lda yuradigan motorli yoki motorsiz arava, vagon)da qaytib kelgani haqida xabar berildi.

Shuningdek, Shimoliy Koreya hukumati Vashington Pxenyanga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechmaguncha AQShning yangi ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatmasligini aytdi. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Chve Son Xining Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilindi.

Shu o‘rinda, AQSh prezidenti Jo Bayden KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda Oq uy vakili Jen Psaki xabar berdi.

Bundan tashqari, mamlakat Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzayotganini ma’lum qildi. Bunga sabab qilib Malayziyaning o‘z hududidagi Shimoliy Koreya fuqarosini AQShga topshirmoqchiligi ko‘rsatilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
52
0
qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xa

24 Aug 17:27
 
22
0
xs.uz

Ukraina endi Moskvani nishonga oldi

Ukraina Kursk viloyatiga hujumini davom ettirar ekan, Moskvaga eng yirik uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni mudofaa kuchlari Moskva va uning atrofidagi 11 ta dronni urib tushirgani, baʼzilari Podolsk shahri ustidan Kremldan 38 km janubda qulaganini maʼlum qildi. 'Bu Moskvaga dronlar bilan hujum qilishning eng yirik urinishlaridan biri', dedi Moskva Meri Sergey Sobyanin.Moskvaga dron hujumlari kamdan-kam uchraydi. Ukrainaning Rossiya poytaxtini

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

Folklend orollari yaqinida kema choʻkib ketdi. Qurbonlar bor

Folklend orollari yaqinida Norvegiyaning 'Argos Georgia' baliqchi kemasi choʻkib ketishi oqibatida uch nafar Rossiya fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda 'RIA Novosti' agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.'Folklend qirgʻoq qoʻriqlash xizmati va kema egasining maʼlumotlariga koʻra, bortda sakkiz nafar rossiyalik boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari omon qolgan, uch nafari halok boʻlgan, bir nafari bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan', ' de

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniy