calendar 24 Aug 17:27
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ukraina endi Moskvani nishonga oldi

image
Ukraina Kursk viloyatiga hujumini davom ettirar ekan, Moskvaga eng yirik uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni mudofaa kuchlari Moskva va uning atrofidagi 11 ta dronni urib tushirgani, baʼzilari Podolsk shahri ustidan Kremldan 38 km janubda qulaganini maʼlum qildi. 'Bu Moskvaga dronlar bilan hujum qilishning eng yirik urinishlaridan biri', dedi Moskva Meri Sergey Sobyanin.

Moskvaga dron hujumlari kamdan-kam uchraydi. Ukrainaning Rossiya poytaxtini nishonga olishga boʻlgan soʻnggi urinishi 2023-yil may oyida boʻlgan edi. Oʻshanda sakkizta dron urib tushirilgan. Chorshanba kunning oʻzida esa 45 ta Ukraina droni yoʻq qilingan. Ulardan tashqari Bryansk chegara mintaqasida 23 ta, Belgorod chegara mintaqasida 6 ta, Kaluga viloyatida 3 ta va Kursk viloyatida 2 tasi urib tushirilgan. Shuningdek, Rossiya nashrlari Moskva viloyati bilan chegaradosh Tula viloyatida 2 ta dron yoʻq qilinganini xabar qildi. Bungunga kelib Ukraina Kursk hududining 1263 kv km, jumladan, 93 ta aholi punktini nazorat qilayotganini daʼvo qilmoqda. Chorshanba kuni Ukraina kuchlari Rossiyaning Janubiy Rostov viloyatida joylashgan S-300 Zenit raketa tizimiga zarba berganini aytdi. Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Ukraina butunlay magʻlub boʻlmaguncha ikki mamlakat oʻrtasida muzokaralar boʻlmasligini vaʼda qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Vladimir Putin harbiylarga 1-oktyabrgacha Kursk viloyati ustidan nazoratni toʻliq qaytarishga buyruq bergan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 09:11
 
51
0
qalampir.uz

Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. “So‘nggi uch yarim yil ichida biz millat sifatida katta yutuqlarga erishdik. Bugungi kunda Amerika dunyodagi eng kuchli iqtisodiyotga ega. Biz millatimizni tiklash, keksalar uchun dori-darmonlar narxini pasaytirish va rekord darajadagi amerikaliklar uchun arzon tibbiy xizmatni kengaytirishga tarixiy sarmoya kiritdik. 

27 Jul 16:04
 
67
0
qalampir.uz

Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan shaharda miting o‘tkazmoqchi

AQSHning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Butler shahrida navbatdagi saylovoldi tashviqoti mitingini o‘tkazadi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Men qahramonimiz o‘t o‘chiruvchi Kori va ikki hafta oldin yaralangan o‘sha jasur vatanparvarlar sharafiga katta va chiroyli miting o‘tkazish uchun Pensilvaniya shtati Butlerga qaytaman”, deb yozgan Tramp o‘zining Truth Social&rs

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key