calendar 26 Jul 10:19
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

image

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, huquqbuzarlar chegarachilarning to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talablariga e’tibor bermay, chegarachilarga qarshilik ko‘rsatib, qochib ketishgan.

Shuningdek, Qurolli to‘qnashuv natijasida chegara qo‘shinining ikki nafar xodimi yengil tan jarohati oldi, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Otishma oqibatida qoidabuzarlardan biri ham tan jarohati olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 09:58
 
60
0
qalampir.uz

Orban YeIning yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina kuchli davlatligi, shunday bo‘lsada, u Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni Ruminiyaning markaziy qismi – Beile-Tushnaddagi etnik vengerlar oldida so‘zlagan nutqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi va G‘arbga qarshi nutqida AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar nomzodi Donald Trampn

28 Jul 01:08
 
105
0
xs.uz

Eng qadimgi Misr piramidasi qanday qurilgani maʼlum boʻldi

Qayd etilishicha, bu inshoot qadimgi podshohlik davrida 3-sulolaning birinchi yoki ikkinchi firʼavni (miloddan avvalgi 2670-2650) Joser uchun qurilgan. U Sakkara platosida joylashgan boʻlib, oltita katta zinapoyadan iborat va balandligi 60 metrga teng.Bugungi kunga qadar piramidalarning qurilishi haqida hech qanday manba saqlanib qolmagan. Shuning uchun olimlar qanday texnologiyalar ishlatilganligini bilishmaydi. Eng keng tarqalgan nazariyaga koʻra, ogʻir tosh bloklar panduslar yordamida bal

29 Jul 10:48
 
65
0
qalampir.uz

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi faraziy urush dunyoga 4 trillion dollarga tushadi – “Bloomberg” 

Koreya Respublikasi va KXDR o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushning birinchi yili jahon iqtisodiyotiga 4 trillion dollar zarar keltirishi mumkin, bu jami jahon yalpi ichki mahsulotining 3,9 foizini tashkil qiladi. Gipotetik ssenariyning bunday baholari “Bloomberg” tomonidan taqdim etildi. Qayd etilishicha, Koreya yarimorolida to‘laqonli urush bo‘lishi “juda dargumon”. Biroq agar mojaro yuzaga kelsa, insoniy va iqtisodiy yo‘qotishlar halokatli bo‘ladi. K

26 Jul 10:19
 
64
0
qalampir.uz

Lukashenko va Putin Valaam orolida uchrashdi

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kareliyadagi Valaam orolida (Ladoga ko‘li) uchrashdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi. Lukashenko hozirda Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vladimir Putin bilan turli formatdagi muzokaralar rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ittifoq loyihalarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlik mavzulari