calendar 29 Jul 10:48
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi faraziy urush dunyoga 4 trillion dollarga tushadi – “Bloomberg” 

image

Koreya Respublikasi va KXDR o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushning birinchi yili jahon iqtisodiyotiga 4 trillion dollar zarar keltirishi mumkin, bu jami jahon yalpi ichki mahsulotining 3,9 foizini tashkil qiladi. Gipotetik ssenariyning bunday baholari “Bloomberg” tomonidan taqdim etildi.

Qayd etilishicha, Koreya yarimorolida to‘laqonli urush bo‘lishi “juda dargumon”. Biroq agar mojaro yuzaga kelsa, insoniy va iqtisodiy yo‘qotishlar halokatli bo‘ladi.

KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi jangovar harakatlarning birinchi yili, ushbu faraziy ssenariy tahliliga ko‘ra, jahon iqtisodiyotiga 4 trillion dollar zarar keltirishi mumkin, bu esa jahon yalpi ichki mahsulotining 3,9 foizini tashkil qiladi.

Agentlik ta’kidlashicha, bu Ukrainadagi urush oqibatlaridan “ikki baravar ko‘proq”.

“Urushda millionlab odamlar halok bo‘lishi mumkin”, deya qo‘shimcha qiladi “Bloomberg”.

KXDR artilleriya zonasida joylashgan poytaxt Seul hududida taxminan 26 million kishi istiqomat qiladi – Koreya Respublikasi aholisining yarmi. Agentlik Koreya Respublikasini “geosiyosiy nosozlik asosida qurilgan yarimo‘tkazgichlar zavodi” deb ataydi. Samsung Electronics dunyodagi DRAM chiplarining taxminan 41 foizini va NAND xotira chiplarining 33 foizini yetkazib beradi.

Janubiy Koreya korporatsiyasining mahsulotlari AQSHda ham, Xitoyda ham sotib olinadi. Seul va uning atrofidagi hududlar mamlakatdagi chip ishlab chiqarishning 81% va sanoat ishlab chiqarishining 34 foizni tashkil qiladi.

Agentlikning fikricha, yarimorolda urush boshlangan taqdirda Janubiy Koreyaning yarimo‘tkazgich zavodlari Shimoliy Koreya artilleriyasi va uning qisqa masofali ballistik raketalari nishoniga aylanishi mumkin.

Mojaroning birinchi yilida Koreya Respublikasi yalpi ichki mahsuloti 37,5 foizga qisqarishi mumkin edi. Agentlik tahliliga ko‘ra, Janubiy Koreya yarimo‘tkazgichlari va boshqa tovarlar eksportining qisqarishi Xitoy yalpi ichki mahsulotining 5 foizga, Amerika iqtisodiyoti esa 2,3 foizga qisqarishiga olib kelishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 17:08
 
85
0
xs.uz

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

Hindiston gʻarbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan.Shtat sogʻliqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan.Patelning qoʻshimcha qilishicha, virus haqidagi maʼlumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sogʻliqni saqlash markazlariga yetkazilgan.Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafig

03 Sep 21:35
 
17
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

19 Jul 21:29
 
78
0
qalampir.uz

Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. "Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin", deyiladi sud hukmida. “Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga