calendar 01 Apr 19:11
eye 9
comments 0
comments Manba: daryo

Gruziyada norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan rossiyalik jurnalist karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi

image

Gruziyada rossiyalik jurnalist Vladimir Pozner va uning mehmonlari izolyatsiya va karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Gruziya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Nazorat politsiyasi xabariga ko‘ra, izolyatsiya va karantin qoidalarining buzilishi faktlari bilan 32 kishi jarimaga tortildi. Izolyatsiya va karantin qoidalarini buzganlik uchun jarima qonunga muvofiq 2 ming larini (600 dollar atrofida) tashkil qiladi.

Pozner Tbilisiga o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun kelgan edi, 1-aprelda u 87 yoshga to‘ldi. Uning tashrifidan so‘ng shahardagi jurnalist turgan mehmonxona yaqinida norozilik aksiyasi boshlandi. Mehmonxona yaqinida politsiya bilan to‘qnashgan norozilik namoyishchilari binoga tuxumlar uloqtirgan. Bundan tashqari, ular Mehnat inspeksiyasiga Pozner va uning mehmonlari kechki soat 21:00 dan boshlab mehmonxona restoranida to‘planib, Gruziyaning amaldagi komendantlik soatini buzgani to‘g‘risida xabar bergan. Natijada mehmonxona restoraniga 10 ming lari (3000 dollar atrofida) jarima solingan.

Jurnalistning mehmonlaridan to‘qqiz nafari karantin va izolyatsiya qoidalarini buzgan deb topilmagani sababli jarimaga tortilmagan.

Keyinchalik “RBK” Gruziyada bo‘lib o‘tgan noroziliklar fonida Poznerning mamlakatni tark etgani haqida xabar berildi. Xabarga ko‘ra, jurnalist va uning hamrohlari Tbilisi aeroportidan uchib ketgan.

2017-yilda Change.org veb-saytida Poznerning Gruziyaga kirishini taqiqlashni talab qilgan petitsiya ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Unda aytilishicha, 2-aprel kuni Imedi telekanali efirida Pozner Gruziya qonunlari va jurnalistlik axloq qoidalarini buzib, “1970-yillarda Gruziyaga tashrif buyurganida gruzinlar va abxazlar o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida hikoya qilib bergan”.

Mazkur efirdan so‘ng Pozner “Birinchi kanal”da intervyuda shaxsan ko‘rganlari haqida aytib berganini ta’kidlagan. “Men 70-yillarda Abxaziyada bo‘lganimda, bir necha bor abxaziyaliklar va gruzinlar o‘rtasidagi munosabatlar tarixiy jihatdan unchalik yaxshi bo‘lmaganiga amin bo‘ldim. Gruzinlar abxaziyaliklarni ikkinchi darajali, qoloq va ahmoq  odamlar deb bilardi, men o‘z ko‘zlarim bilan u yerdagi janjallarda abxaziyaliklarni qanday kaltaklangani ko‘rdim. Albatta, bu ilmiy tadqiqot emas. O‘zlarining erkin matbuotlari bilan faxrlanadigan va turli fikrlarga tolerant munosabatda bo‘ladigan Gruziyada mening aytganlarim xotirjam qabul qilinadi, deb o‘ylagandim. Adashgan ekanman. U yerda meni barcha og‘ir gunohlarda, tashviqotda, Rossiya manfaatlarini himoya qilishda ayblashdi”, — degan edi Pozner o‘sha paytda.

Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvili AQSh fuqarosi bo‘lgan Poznerning Gruziyaga tashrif buyurish to‘g‘risidagi qonunni buzmaganini aytdi. “U Gruziyaga tez-tez kelib turadi. Bu uning navbatdagi shaxsiy tashrifi edi. Bundan tashqari, hukumat qaroriga binoan, u va unga hamroh bo‘lgan shaxslarning yonida kovid-pasportlari va PZR-testining salbiy natijalar bo‘lgan. Shuning uchun ular mamlakatga qonunlarga to‘liq mos ravishda kirib keldi” —  dedi hukumat rahbari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:48
 
78
0
qalampir.uz

Indoneziya Rossiya neftiga qaytyapti

Indoneziyaning davlat nazorati ostidagi neftni qayta ishlash zavodi Pertamina neft sotib olish uchun tender ro‘yxatiga Rossiya neft navlarini qo‘shdi. Bu haqda uch nafar treyderga tayanib, "Reuters" xabar berdi.  Garchi Indoneziya Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan bo‘lsada, Pertamina 2022 yilda Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi boshlanganidan beri orqaga qadam tashlab, ancha vaqt davomida Rossiya neftini sotib olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pertamina

03 Sep 21:35
 
19
0
xs.uz

Serbiya Rossiyadan emas, Fransiyadan qiruvchi samolyot sotib oladi

Serbiya va Fransiya fransuz qiruvchi samolyotlarini sotish uchun 3 milliard dollarlik bitimini imzoladilar. Ushbu jarayon Serbiyani anʼanaviy ittifoqchi va qurol yetkazib beruvchi Moskvadan uzoqlashtirishi mumkin.Serbiya Fransiyada ishlab chiqarilgan 12 ta 'Rafale' qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Shu yilning 29-avgust kuni Emmanyuel Makron ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun Belgradga tashrif buyurdi.'Biz Fransiya prezidentiga 'Rafale'ni sotib olishga imkon bergani uc

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga

22 Jul 20:48
 
69
0
qalampir.uz

NATO 500 mingdan ortiq askarini shay holatga keltirmoqda

NATO Ukraina-Rossiya masalasida o‘zining 500 mingdan ortiq qo‘shinini jangovar shay holatga keltirishni boshladi. Bu haqda alyans matbuot kotibi Farah Daxlallah kecha, 21 iyul kuni SNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Daxlallahga ko‘ra, 2014 yilda Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishi ortidan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi muqarrar ravishda NATOni urushga tayyorligini qayta ko‘rib chiqishga va mudofaasini kuchaytirishga majbur qilgan. &ld