Foto: Bluzka va koftalarni qanday kiyish kerakligi borasida Selin Dionning obrazlaridan ilhomlanamiz

O‘ziga yarasha kiyinish uslubi va didi bilan boshqa shou-biznes vakillaridan ajralib turadigan xonanda Selin Dionning garderobidagi liboslar va kiyimlarni moslashiga e’tibor qaratamiz.
Jinsi bilan oddiy bichimli, shu bilan birga yorqin bo‘lgan kofta kiying. Aynan rang obrazingizdagi urg‘u bo‘lsa yana yaxshi. Yanada o‘ziga xoslik istasangiz, aksessuarlardan foydalanishingiz mumkin.
Shim va yubka bilan kiyilgan oq, uzun kofta yengil kardigan o‘rnini bosishi mumkin. Havo harorat to‘g‘ri kelsa va matosi yupqa bo‘lmasa, bemalol ko‘ylak sifatida kiysa ham bo‘ladi.
Qora kofta bilan yorqinroq yoki printli pidjak kiygan yaxshi. Agar shim yoki yubka noodatiyroq bo‘lsa, bluzka yoki ustki kiyim maksimal darajada odmi bo‘lsin. Yoki aksincha, kofta o‘ziga xos bo‘lsa, shim yoki yubkaning odmirog‘ini tanlaganingiz yaxshi.
Oddiy kofta bilan obraz zerikarli bo‘lishini istamasangiz uni yubka ichiga turli usullar bilan kirgizing.
Rangli kostyum-shim kiyganda koftaning shu rangdagisi, ammo biroz ochroq yoki to‘qrog‘ini tanlang.
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi