Rossiya prezidenti mudofaa vaziri bilan birgalikda Sibir o‘rmonlarida dam oldi (foto)

Dam olish kunlarini Sibirdagi tayga (ignabargli qalin o‘rmon)da o‘tkazayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu yo‘ltanlamasda kezmoqda va piyoda sayr qilmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Uning aytishicha, Shoygu Putinni o‘zining yog‘ochdan turli buyumlar yasaladigan ustaxonasiga taklif qilgan. Kreml prezident va mudofaa vazirining sayohati aks etgan fotosuratlar bilan bo‘lishdi.
Rossiya prezidenti Sibir o‘rmonlariga tez-tez safar qilib turadi. Xususan, 2018-yilda Sergey Shoygu va federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov bilan birga tog‘da sayr qilgan, shanba va yakshanba kunlarini Yeniseyda o‘tkazgan edi.
2017-yilda esa Sergey Shoygu, shuningdek, Tuva rahbari Sholban Kara-ool va Xakasiya rahbari Viktor Zimin hamrohligida tog‘ ko‘llarida baliq tutgan, daryolarda motorli qayiqlarda yurgan, kvadrosiklda va piyoda tog‘dan tog‘ga ko‘chib yurgan.
Shuningdek, 2014-yilda Vladimir Putin 7-oktabr, tug‘ilgan kunida birinchi marta o‘ziga ta’til olib, Sibir taygasiga jo‘nab ketgan edi.
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan