calendar 20 Mar 12:55
eye 94
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi

image
AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.

Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Taʼlim vazirligini yopish boʻyicha rejalashtirilgan ish oʻrinlar qisqarishini toʻxtatish uchun sudga murojaat qilishdi. Shu bilan birga, AQSHdagi eng yirik fuqarolik huquqlari tashkilotlaridan biri boʻlgan NAACP (Rivojlangan rangli fuqarolar milliy assotsiatsiyasi) ushbu farmonni konstitutsiyaga zid deb atadi.

NAACP prezidenti Derrik Jonsonning soʻzlariga koʻra, bu farmon minglab amerikalik bolalar, ayniqsa, qashshoq va qishloq joylarda yashovchi oʻquvchilar uchun jiddiy zarba boʻladi. 'Bu kun ' sifatli taʼlim uchun federal mablagʻga tayanadigan millionlab amerikalik bolalar uchun qora kun', ' dedi u.

Tramp va uning maslahatchisi, milliarder Ilon Mask ilgari ham AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi kabi davlat muassasalarini Kongress roziligisiz yopishga harakat qilishgan. Shunga qaramasdan, Taʼlim vazirligini yopish Trampning ilk bor vazirlik darajasidagi agentlikni tugatish tashabbusi boʻlib, bu katta siyosiy bahsga sabab boʻlishi mumkin.

Trampning bu rejasini amalga oshirish oson boʻlmaydi. Chunki Kongress roziligisiz vazirlikni yopish qonunan imkonsiz. Respublikachilar Senatda 53-47 ovoz ustunligiga ega boʻlsada, yirik qonun loyihalarini, jumladan, vazirlikni yopish haqidagi qarorni qabul qilish uchun kamida 60 ta ovoz talab qilinadi. Bu esa yetti nafar demokrat senatorning qoʻllab-quvvatlashini talab etadi. Hozircha demokratlar bunday tashabbusni yoqlash belgilarini koʻrsatishmagan.

Tramp bir necha bor Taʼlim vazirligini 'yirik aldov' deb atagan va uni prezidentligining ilk muddatida yopishga uringan edi. Shunga qaramasdan, Kongress bu taklifni qoʻllab-quvvatlamagan.

Donald Tramp va uning tarafdorlari Taʼlim vazirligini byurokratik hamda samarasiz deb hisoblab, taʼlimni shtatlar darajasida toʻliq mustaqil qilishni taklif qilmoqda. Unga koʻra, federal hukumat taʼlimga kamroq aralashishi kerak, moliyaviy mablagʻlar esa toʻgʻridan-toʻgʻri shtatlar yoki oʻquv muassasalariga berilishi lozim.

AQSH Taʼlim vazirligi davlat tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri boshqariladigan asosiy taʼlim muassasasi emas, balki taʼlim siyosatini shakllantiruvchi federal idora hisoblanadi. Uning vazifasi moliyaviy yordam ajratish, taʼlim sifatini nazorat qilish va tenglikni taʼminlashdan iborat.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:48
 
21
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

17 May 21:47
 
285
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

31 May 08:50
 
18
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

17 May 21:47
 
297
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf