calendar 10 Mar 15:21
eye 35
comments 0
comments Manba: xs

Toshkent viloyatida 21 yoshli yigit 60 yoshli kirakashni 42-marta pichoqlab oʻldirdi

image

2020-yil 17-mart kuni Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani IIBga “Birlik” MFY hududidan oʻtuvchi Toʻytepa-Oqqurgʻon-Yangiyoʻl avtomagistral yoʻli chetidagi dala maydonida yoshi taxminan 60larda boʻlgan nomaʼlum erkak kishining murdasi yotgani haqida xabar kelib tushadi. Shundan soʻng tezkor tergov guruhi tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda “Oʻzbekiston” telekanalining “Bir jinoyat izidan” koʻrsatuvida xabar qilindi.

Sud tibbiy-ekspertiza xulosasiga koʻra, marhumning tanasida 42ta jarohat izi topilgan va u koʻp qon yoʻqotish natijasida vafot etgan.

Shu kunning oʻzida Toshkent viloyat prokuraturasi xodimlari murdaning shaxsini aniqlagan. Marhum oʻzining «Matiz» avtomashinasida kirakashlik qiluvchi, 1960-yilda Oqqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan Davlatboy Xoliqulov boʻlib chiqqan.

«Dastlabki tergov harakatlari davomida 1999-yilda tugʻilgan Javohir Mirahmedov oʻzining jinoiy sherigi Sardor Hikmatillayev bilan fuqarolarni avtomashinasini talonchilik, bosqinchilik yoʻli bilan egallab, qismlarga boʻlib mashina ehtiyot qismlarini sotish orqali boylik orttirishni oʻziga maqsad qilib olgan», deydi Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi Azimjon Yoʻldoshev.

Jinoyat tafsilotlariga koʻra, 1999-yili Chinoz tumanida tugʻilgan Javohir Mirahmedov 2016-yilning 16-mart kunidan 17-mart kuniga oʻtar kechasi Toshkent-Doʻstobod avtomagistral yoʻliga chiqib Davlatboy Xoliqulov boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinani toʻxtatib yoʻlovchi sifatida oʻtiradi va Yangiyoʻl tumanigacha borishini aytadi. Avtomashinada boʻlgan qolgan yoʻlovchilar tushib qolgach J.Mirahmedov oʻzida olib yurgan pichogʻi bilan haydovchiga hujum qiladi. U marhumga jami 42 marotaba kesuvchi-sanchuvchi jarohat yetkazgan va avtomashinani sherigi Sardor Hikmatillayevni uyiga olib borib bergan.

S.Hikmatillayev mashinani ehtiyot qismlarga ajratish uchun qarindoshi Majid Umarovni yordamga chaqiradi va dalillar yoʻq qilinadi.

«Ayblanuvchilar Javohir Mirahmedov, Sardor Hikmatillayev, Majid Umarovlarga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari hamda Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ayblari dastlabki tergov jarayonlarida oʻz tasdigʻini topdi va sudga yuborildi», deydi Toshkent viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi Abdurahmon Hojiyev.

Jinoyatchilar mashinaning ayrim ehtiyot qismlarini Sergeli mashina bozoriga olib chiqib sotib yuborgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudining 2020-yil 7-sentyabrdagi hukmiga koʻra, Javohir Mirahmedov 18 yil, Sardor Hikmatillayev 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, Majid Umarovga esa 4 yil-u 6 oyga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
74
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
68
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

12 Apr 21:15
 
44
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

24 Mar 13:25
 
279
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q