calendar 20 Mar 12:50
eye 43
comments 0
comments Manba: postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

image

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?».

 Уста кулди ва: «Бир неча кундан кейин кел ва саволингга жавоб оласан» деди. Йигит ҳайрон бўлиб, изига қайтди. У нега уста шу заҳотиёқ жавоб бермаганини тушунмасди. Бир муддат вақт ўтгач, у яна қайтиб келди. Уста унинг қўлига бир хатжилд тутқазди ва тайинлади: «Илтимос, шуни дарёнинг нариги тарафидаги қишлоққа элтиб бер. Соҳилда бир қайиқ ва қайиқчини кўрасан, у сени дарёдан ўтказиб қўяди».

Эртаси куни тонгданоқ йигит соҳилга йўл олди, қайиққа ўтирди. Бироқ қирғоқдан анча узоқлашгач, қишлоққа йўлни сўраб олмагани, у ерга қандай етиб олишни ва хатни кимга беришни билмаслиги ёдига тушди. Қайиқчига мурожаат қилди, аммо у ҳам бехабар эди.

Йигит қишлоққа йўлни аниқ сўраб олиш учун яна устанинг ёнига қайтишига тўғри келди. Шунда уста сўз қотди: «Мана шу сенинг саволингга жавобдир. Саёҳатдан мақсадинг бор, манзилга етиш учун маблағинг ҳам етарли, аммо боришинг керак бўлган йўлни билмайсан. Ярим йўлда тўхтаб қолишингга ҳам шу сабаб. Сенга йўлни яхши биладиган йўлбошчи керак бўлди. Билимли бўлишнинг ўзи етарли эмас. Ундан тўғри фойдаланиш учун ҳам устозга эҳтиёж бор».

Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Feb 01:19
 
50
0
xs.uz

Buyuk Britaniya AQSHga taʼsir oʻtkazishga urinib koʻradi

Payshanba kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Ker Starmer muhim masalalar yuzasidan gaplashish uchun AQSHda boʻladi. Jumladan, AQSH prezidentini Donald Trampni Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan uzoqlashtirish, tinchlik bitimidan keyin Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini olish va transatlantik alyansni saqlab qolish muhokama markazida boʻladi. Lekin uning imkoniyatlari yetarlicha boʻlmasligi mumkin. Chunki hafta boshida ham Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xuddi shu masalalar boʻyicha V

21 Apr 08:34
 
2
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim

15 Apr 07:06
 
17
0
xs.uz

Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi

5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi

22 Mar 08:54
 
27
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-