Yevropa mamlakatlariga AQSHdan qurol sotib olishni qisqartirish taklif qilindi

Shellhorn taʼkidlashicha, Amerika tomoni har qanday vaqtda yetkazib berishni toʻxtata oladigan ishonchsiz hamkordir. Yevropa mudofaa-sanoat majmuasi silkinishga muhtoj, bu esa milliy mudofaa byudjetlari hajmini oshirishni va mintaqa davlatlari oʻrtasida harbiy jihatlar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratishni talab qiladi.
Bir kun avval Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari Bryusseldagi favqulodda sammit chogʻida mintaqani qayta qurollantirish boʻyicha yakuniy bayonotni qabul qilgan edi. Hujjatga koʻra, Yevropa xavfsizlikka tahdidlarga mustaqil ravishda qarshi turishi kerak. Shu bois sammit ishtirokchilari Yevropa Komissiyasidan ittifoq darajasida mudofaa moliyalashtirishning yangi manbalarini ishlab chiqishni soʻradi.
Ukraina Rossiyaning 41 ta harbiy samolyotini yoʻq qildi — OAV
Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya ' Ukraina chegarasidan uzoqda joylashgan bir qancha viloyatlardagi rus aerodromlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda 'Ukrainskaya pravda', 'Babel', 'RBK-Ukraina' va boshqa nashrlar maxsus xizmatlardagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.Manbalariga koʻra, 'Oʻrgimchak toʻri' deb nomlangan ushbu operatsiyani Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk shaxsan boshqargan. Hujum natijasida 40 dan ortiq rus samolyotlari, jumladan, 'A-50', 'Tu-95' va 'Tu-
Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan
Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin
Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?
AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi
Hindistonda samolyot qulashi oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech kim tirik qolmagan — “CBS News”
Hindiston respublikasi Ahmadobod shahri hududida halokatga uchragan 'Air India' aviakompaniyasining 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti bortida boʻlgan 242 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan, deb xabar bermoqda 'CBS News' nashri.Aviahalokatga uchragan samolyot bugun, 12-iyun kuni Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin