calendar 04 Jun 02:45
eye 51
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ukraina Rossiyaning 41 ta harbiy samolyotini yoʻq qildi — OAV

image


Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya ' Ukraina chegarasidan uzoqda joylashgan bir qancha viloyatlardagi rus aerodromlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda 'Ukrainskaya pravda', 'Babel', 'RBK-Ukraina' va boshqa nashrlar maxsus xizmatlardagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Manbalariga koʻra, 'Oʻrgimchak toʻri' deb nomlangan ushbu operatsiyani Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk shaxsan boshqargan. Hujum natijasida 40 dan ortiq rus samolyotlari, jumladan, 'A-50', 'Tu-95' va 'Tu-22 M3'lar zarar koʻrgan. Taʼkidlanishicha, ushbu hujum oqibatida Rossiya armiyasi taxminan ikki milliard dollar zarar koʻrgan.

Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, kamida toʻrtta aerodromga hujum qilingan. Ular Ryazan viloyatidagi Dyagilevo, Murmansk viloyatidagi Olenya, Irkutsk viloyatidagi Belaya va Ivanovo viloyatidagi Ivanovo aerodromlaridir.

Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev dron hujumi haqidagi maʼlumotni tasdiqlab, bu urush boshlanganidan beri Sibir hududiga birinchi zarba ekanligini taʼkidladi. Uning nishoni Sredniy qishlogʻidagi harbiy qism ekanini va tinch aholining hayoti va sogʻligʻiga hech qanday tahdid yoʻqligini rasman bildirdi.

Murmansk viloyati gubernatori Andrey Chibis ham hududga dron hujumi sodir etilganini tasdiqladi. Biroq uning nishoni nima ekanligini aniq aytmagan. Ryazan viloyati gubernatori Pavel Malkov faqat dron hujumi bilan bogʻliq voqea faktini maʼlum qildi. Biroq uning soʻzlariga koʻra, faqat xususiy uylardan birining tomi shikastlangan.

'Baza' va 'Mash' Telegram kanallari Murmansk va Irkutsk viloyatlaridagi dronlar yaqin atrofdagi avtomagistrallarda turgan yuk mashinalaridan havoga koʻtarilganini xabar qildi. Murmansk viloyatida yuk mashinasi haydovchisi qoʻlga olindi, deb yozadi 'Baza'. Manbaning yozishicha, ehtimol haydovchi oʻz mashinasida nima borligini bilmagan.

Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev dron haqiqatan ham yuk mashinasidan uchganini tasdiqladi. 'Dronlar uchirilgan manba allaqachon bloklangan. Bu yuk mashinasi. Asosiysi vahima qilmaslik kerak', dedi u.

Urush tarafdori boʻlgan 'Ribar' Telegram kanali hujum natijasida Rossiya armiyasi bir nechta 'Tu-95M' samolyotlarini yoʻqotgani haqida xabar berdi.

'Avval aytib oʻtganimizdek, 'Tu-95' va 'Tu-22' strategik aviatsiya samolyotlari uzoq vaqtdan beri ishlab chiqarilmaydi va ularni qayta tiklash uchun hech narsa yoʻq. Shunga koʻra, bu yoʻqotishlarni tiklash mumkin emas. Bu, shubhasiz, strategik tarkibiy qismga juda jiddiy zarar, ham maxsus xizmatlar ishidagi jiddiy notoʻgʻri hisob-kitoblar, ham barcha hujumlardan keyin ham ochiq maydonda yashirilmay qoldirilgan havo kemalariga beparvo munosabatdir.', deb yozadi 'Ribar'.

Oʻz navbatida, 'Fighterbomber' kanali ushbu voqeaga izoh berarkan, hujumni Rossiya aviatsiyasi uchun 'qora kun' deb nomladi va bu kun hali tugamasligini yozdi.

Ukraina ommaviy axborot vositalari manbalariga koʻra, Ukraina xavfsizlik xizmati 'Oʻrgimchak toʻri' maxsus operatsiyasini bir yarim yildan koʻproq vaqt davomida tayyorlagan. Tayyorgarlikni prezident Vladimir Zelenskiy shaxsan nazorat qilgan.

Operatsiya logistika nuqtayi nazaridan juda murakkab deb ataladi. Dastlab Rossiyaga FPV dronlari, keyin esa mobil yogʻoch qutilar olib kelingan. Ularning ichiga dronlar yashirilgan, shundan soʻng ular yuk mashinalariga joylashtirilgan. Kerakli vaqtda dronlar masofadan ishga tushirilgan. Ukraina maxsus xizmatidagi manbalarning aytishicha, ushbu maxsus operatsiya ishtirokchilari allaqachon Ukrainaga qaytib kelgan. Operatsiya davomida jami 41 ta Rossiya strategik aviatsiya samolyoti urib tushirilgan.

Kiyev bu operatsiyaga rasman izoh bermadi. Ukraina rasmiysining 'Axios' nashriga aytishicha, Kiyev AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatini Rossiya aerodromlariga hujum haqida oldindan ogohlantirmagan.

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi shu yilning 2-iyun kuni Istanbulda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Taxminlarga koʻra, tomonlar har ikki tomon oʻt ochishni toʻxtatish shartlarini oʻz ichiga olgan memorandumlarni almashadilar.

Manbalarga koʻra, 'Oʻrgimchak turi' maxsus operatsiyasi doirasida Ukraina xavfsizlik xizmati Amur viloyatidagi harbiy aviabazasiga ham hujum qilishni rejalashtirgan, ammo bu hujum muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Nashr bunday xulosaga Vasiliy Malyukning operatsiya diagrammasi bilan suratini oʻrganib chiqib kelgan.

'Ostorojno, novosti' Telegram kanali guvohlarga tayanib, Amur viloyatida, Seryshevo qishlogʻi va 'Ukrainka' aerodromi yaqinida bugun trassada yuk mashinasi yonib ketgani, taxminlarga koʻra, unda Ukraina uchuvchisiz uchoqlari boʻlishi mumkinligi haqida yozdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlarining Rossiya aerodromlariga hujum qilganini tasdiqladi. Harbiy departament bayonotiga koʻra, Murmansk, Irkutsk, Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi beshta aerodromga hujum qilingan. 'Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi harbiy aerodromlarda barcha teraktlar qaytarildi. Murmansk va Irkutsk viloyatlarida aerodromlar yaqinida joylashgan hududdan FPV dronlarining uchirilishi natijasida bir nechta samolyotlar yonib ketdi', ' deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, dronlar hujumi natijasida harbiy xizmatchilar va tinch aholi vakillari orasida qurbonlar boʻlmagan. Barcha yongʻinlar oʻchirilgan. Qayd etilishicha, terrorchilik hujumlarining ayrim ishtirokchilari qoʻlga olingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
54
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

04 Jun 02:45
 
5
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa

31 May 08:50
 
11
0
xs.uz

Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi

Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan

13 May 14:38
 
116
0
xs.uz

AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi

Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram