“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.
Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni bildirdi. 'Qoʻshma Shtatlar uchun bu harbiy byudjetni qurolli toʻqnashuvdan koʻra muhimroq narsalarga qayta taqsimlashni anglatadi' ' deydi Uitkoff.
Bungacha AQSH yetakchisining maxsus vakili Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp oʻrtasidagi suhbat natijaga qaratilgani va ularning uchrashuvi katta ehtimol bilan boʻlib oʻtishini aytgandi.
Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp oʻrtasidagi telefon muloqoti 18-mart kuni boʻlib oʻtdi. Natijada Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarba berishdan tiyilishga rozi boʻldi. Boshqa barcha masalalar boʻyicha muzokaralar davom etadi.
Xususan, Rossiya Federatsiyasi Ukrainada 30 kunlik oʻq uzishni toʻxtatish davrida majburiy safarbarlikni toʻxtatish haqidagi qarorni kutmoqda. Rossiya Federatsiya Kengashi AQSH bu talabni qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini, ammo Kiyev rasmiylari buni dushmanlik bilan qabul qilishi mumkinligini taʼkidladi.
Turkiyada fohishalikka majburlangan ikki oʻzbekistonlik qiz qutqarildi
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazilgan. Natijada bir necha fuqarolarning 'odam savdosi' qurboni boʻlishining oldi olingan.Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, Olmaliq shahrida yashovchi ikki ayolga hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan 'Shahnoza' ismli tanishi qizlarini ushbu davlatga yuborishini, ularni oʻzi kutib olishini va y
Tinchlik bitimining yakuni arafasida Isroil 625 nafar falastinlikni ozod qildi
HAMAS 4 nafar garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga qaytargandan soʻng, Isroil bunga javoban 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi, deb xabar bermoqda 'Reuters' nashri.Oʻt ochishni toʻxtatish rejimining birinchi bosqichi 1-mart kuni oʻz yakuniga yetadi. Bitim yakuni arafasida HAMAS toʻrt nafar garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga qaytarib bergan edi. Isroil bunga javoban 26-fevral kuni 625 nafar falastinlik mahbusni ozod qilgan.Maʼlum qilinishicha, HAMAS garovdagilarni ozo
AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi
AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga 'juda yaqin' va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga o
Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi
Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo