Jo Baydenning garaji: Amerikaning yangi prezidenti qanday mashinalarni afzal ko‘radi? (foto)

Amerikaning 46-prezidenti Jozef Baydenning otasi 34 yil davomida Delaverda avtosalonlarni boshqargan va ko‘pincha o‘g‘liga garajdan ba’zi modellarni haydab ko‘rishga ruxsat bergan. O‘sha vaqtdanoq Baydenda mashinalarga qiziqish paydo bo‘lgan, deb yozadi CARakoom.
Foto: CARakoom
Uning birinchi avtomobili 1951-yilda ishlab chiqarilgan Studebaker edi. Uning ortidan 1952-yilgi yorqin qizil rangli Plymouth Cranbrook, keyinchalik Mercedes-Benz 190SL bo‘lib, bu sevgilisini ballga taklif etadigan talabaga emas, balki Shon Konneri yoki Pirs Brosnan kabi taniqli shaxslar uchun ko‘proq mos kelar edi.
Foto: CARakoom
Biroq 1967-yilgi Chevrolet Corvette yosh Baydenning ko‘nglidan joy olgan. Ushbu kabriolet 1967-yil avgsut oyida otasidan Jozefga to‘y sovg‘asi bo‘lib, hanuzgacha u garajda saqlanadi.
Foto: CARakoom
Bayden o‘zining inauguratsiyasida dunyodagi eng xavfsiz va texnologik jihatdan rivojlangan mashinalardan biri hisoblangan prezidentlik limuzinida keldi. Limuzin aslida ushbu marosimga mos bo‘lib, uning ichida bir qancha imkoniyatlar mavjud.
Cadillac One avtomobilida quyidagi qulayliklar mavjud:
- favqulodda qon quyish moslamalari;
- haydovchi kabinasida aloqa markazi va GPS kuzatuv tizimi;
- vitse-prezident va Pentagon bilan bevosita aloqada bo‘ladigan sun’iy yo‘ldosh telefoni;
- panjara ostida tungi ko‘rish moslamasi bilan yashirin kamera;
- avtoulovning bagajida yong‘in o‘chirish tizmi va ko‘zni yoshlantiradigan gaz, tutun moslamasi o‘rnatilgan.
Foto: CARakoom
Ushbu mashinada himoya darajasiga ko‘ra, deyarli yadro zarbasidan ham omon qolish mumkin.
Foto: CARakoom
Shuningdek, Cadillac One avtomobilida quyidagi ustunliklar mavjud:
- yoriq va teshiklarga chidamli po‘latdan yasalgan mustahkam diskli g‘ildiraklar;
- avtomobilni o‘q va granatalardan himoya qilish uchun shassida po‘lat qatlamli plitalar mavjud;
- zirhli eshiklar qalinligi sakkiz dyuym va og‘irligi Boeing 757 samolyot eshigi bilan bir xil.
- Cadillac to‘liq yopilganda, u shunchalar tashqi dunyodan ajratiladiki, yo‘lovchilar kimyoviy hujumga xavfsiz tarzda bardosh beradi;
- avtomobil derazalari besh qatlamli shisha va polikarbonatdan iborat;
- yoqilg‘i idishi zirhlangan va avariya bo‘lgan taqdirda ham portlashning oldini oladigan maxsus ko‘pik bilan to‘ldirilgan.
Foto: CARakoom
Jo Baydenning aytishicha, uning prezidentligi davrida avtomobilsozlik tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi. Buni oradan 4 yil o‘tgach, Baydenning rejalari qanday amalga oshirilganligi va bu butun AQShda avtomobilsozlik sanoatiga qanday ta’sir qilganini baholash mumkin.
Mavzuga doir:
- Yelizaveta II ning garaji: Buyuk Britaniya qirolichasi qanday mashinalarni xush ko‘radi?
- Tom Kruz garaji: Gollivud aktyori hayotda qanday avtomobillarni boshqaradi?
- Kayli Jenner garaji: Kosmetika imperiyasi malikasi qanday avtomobillarni xush ko‘radi? (foto)
- Jeyson Stetxemning garaji: Aktyor qanday avtomobillarni yaxshi ko‘radi? (foto)
- Anjelina Jolining garaji: Gollivud yulduzi qanday avtomobillarni xush ko‘radi? (foto)
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu
AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)
Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada