20 yildan buyon Rossiyada qidiruvda boʻlgan avtomobil Toshkent viloyatida aniqlandi


Rossiya Federatsiyasida biri 20 yil ikkinchisi 10 yil mobaynida qidiruvda boʻlgan transport vositalari Qibray va Toshkent tumanlarida saqlab kelinayotganligi maʼlum boʻldi. Ish tergovga oʻtkazildi.
Toshkent viloyati IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga Qibray tumanida yashovchi fuqaro Gʻ.S. ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida oʻziga tegishli “Vaz-2106” transport vositasini uzoq yillar uyida saqlab kelganligi, ilgari fuqaroligi boʻlmaganligini sababli fuqaroligi yoʻq shaxslarga beriladigan davlat raqam belgisini olganligini maʼlum qilgan. Hozirda esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlganini uchun tegishli tartibda transport vositasining qayd etish guvohnomasini almashtirib, boshqa davlat raqam belgisi berishni soʻragan.
Ushbu transport vositasiga tegishli maʼlumotlarni va transport vositasini agregat raqamlarini Oʻzbekiston Respublikasi IIVning “Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi”dan tekshirganida avtomobil 2000-yilning 12-mart kunida Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahridan olib qochilganligi hamda qidiruvda ekanligi aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent tumanida yashovchi fuqaro I.A. sotib olgan “GAZ-330202” rusumli yuk transport vositasini rasmiylashtirish uchun DYHXXga olib kelgan. Ushbu avtomobilning ham agregat raqamlari tekshirilgan. Natijada transport vositasi 2011-yilda beri qidiruvda ekanligi, uni nomaʼlum shaxslar Rossiya Federatsiyadan olib qochganliklari maʼlum boʻlgan.
Hozirgi kunda har ikkala holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar tegishli xulosa qilish uchun tergov organiga topshirilgan.
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz
Yuksak hamdoʻstlik ifodasi
Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan
Navoiy viloyati: tarixiy evrilishlar ostonasida
Navoiy viloyati va shoir nomini olgan shaharni koʻpincha vohaga konchilik sanoatining kirib kelishi bilan bogʻlashadi. Biroq oʻlkaning qadim tarixi ' Uchtutdagi yer osti Chaqmoqtosh koni, Sarmish va Sentobsoydagi qoyatoshga oʻyilgan suratlar, Karmana, Nurota va Xatirchidagi osoriatiqalar ushbu voha hududida yashagan ajdodlarimiz oʻz turmush tarzi, eʼtiqodi, madaniyat va maʼnaviyati bilan kishilik jamiyati tamal toshining qoʻyilishiga ham munosib hissa qoʻshganligidan dalolat beradi.Mozi
Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu