calendar 29 Jan 16:30
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir

Belarusdagi namoyishlar MDH davlatlari uchun dars bo'ldi – Lukashenko

image
image

Belarusdagi norozilik namoyishlaridan so'ng, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari xavfsizlik masalalariga jiddiyroq yondosha boshladi. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 29 yanvar kuni talaba yoshlar bilan uchrashuvda gapirdi

"Belarusdan keyin MDH mamlakatlari xafsizlik masalasida sustkashlik qilmayapti. Nega? Belarus istilosining o'ziga xos xususiyati juda kuchli davlatga zarba berilishi bilan bog'liq edi. Bu sinov edi: agar bu usul Belarusda o'tib ketgan-da, demak u boshqasida ham qo'l kelar edi", deydi Lukashenko.

Unga ko'ra, Belarusda Armaniston yoki Ukrainada bo'lgani kabi rangli inqiloblar uchun asos yo'q. 

"1941 yildagi kabi tramplin singari Rossiyaga hujumga o'tish uchun Belarusda blitskrigni (nemischa so'z: "chaqmoq urushi" – tahr.) amalga oshirmoqchi bo'lishdi. Bu yerda ularni to'xtatmasang, Rossiyaga kirib ham borishadi, faqat zamonaviy usulda – ijtimoiy tarmoqlar orqali", deydi Belarus rahbari.

Lukashenko MDH mamlakatlari jahon siyosatining yirik o'yinchilari manfaatlari zonasida ekaniga eʻtibor qaratgan. 

"Biz Qo'shma Shtatlar va umuman Evropa Ittifoqining manfaatlari zonasidamiz. Bizning manfaatlarimiz hisobga olinmaydigan urush maydonida paydo bo'lib qolishdan Xudoning o'zi asrasin. Bunga yo'l qo'ymaslik kerak. Bu mavzuni Rossiya va boshqa Sobiq Sovet davlatlari aynan shu tarzda tushunishmoqda va hyech kim bo'shashmayapti", deya taʻkidladi Prezident.

Rossiyadagi voqealarni Lukashenko "ogohlantiruvchi qo'ng'iroq", deb atadi. 

"Bu boshlanishi, ular asta-sekin tebranadi va jarayonlar ommaviy avj oladi", deydi Lukashenko.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
62
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

17 May 21:47
 
58
0
xs.uz

“El Pepe” vafot etdi

U Muxikani 'prezident, faol, yoʻl koʻrsatuvchi va yetakchi' deb taʼrifladi. 2024-yil bahorida Muxikada qiziloʻngach saratoni aniqlangan edi va u uzoq vaqt muolajalar olgan edi. Shifokorlar 2024-yilning kuzida saraton hujayralarining kamayganini bildirgan boʻlsa-da, 2025-yil boshida kasallik qayta avj olgan.'Toʻgʻrisini aytsam, men oʻlyapman. Har bir jangchining hordiq chiqarishga haqi bor,' ' degan edi u 'Busqueda' jurnali bilan oʻtkazilgan soʻnggi intervyusida.Muxika 2010'2015-yillar

18 Jun 21:56
 
202
0
xs.uz

Kim Chen In nihoyat oʻzini eslatib qoʻydi: u Rossiyaga 6000 askar yuboryapti

Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik yanada kuchaymoqda. 17-iyun kuni Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻrtasida oʻtgan muzokaralar natijasida, Shimoliy Koreya tomonidan 6 mingga yaqin harbiy mutaxassisni Rossiyaning Kursk viloyatiga yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.Mazkur kelishuvga koʻra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 1000 nafar sapyorlarni minalardan tozalash ishla

18 Jun 21:56
 
202
0
xs.uz

Tramp Erondan “soʻzsiz taslim” boʻlishni talab qildi. Eron esa yahudiy davlati havo hududini nazoratga oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning 'soʻzsiz taslim boʻlishini' talab qildi.Unga koʻra, ayni paytda Eronning havo hududi endi toʻliq AQSH nazorati ostida. AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda joylashganini aniq biladi, ammo Vashington 'hech boʻlmaganda hozircha'uni yoʻq qilish niyatida emas.Oq uy rahbari Eron muammosini hal qilish uchun AQSH armiyasidan foydalanishni istamaydi, ammo sabr-toqati tugayapti.'Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa uskunalar