calendar 28 Jan 19:10
eye 47
comments 0
comments Manba: daryo

Niderlandiyadagi piyoz ekilgan dala nur sochuvchi installyatsiyaga aylantirildi (foto)

image

Niderlandiyaning qalin piyoz dalalarini yoritayotgan nur gollandiyalik rassom va dizayner Daan Ruzegardning yangi san’at namunasi hisoblanadi. Daan Ruzegard piyozning ikki yillik turi ekilgan maydonga bir vaqtning o‘zida ham estetik zavq beradigan, ham ekinlar uchun amaliy foyda bo‘ladigan vertikal ravishda porlovchi qizil, ko‘k hamda ultrabinafsha chiroqlarni installyatsiya yordamida (ya’ni kompyuterga maxsus dastur o‘rnatish orqali) joylashtirib chiqdi.

Bu kompozitsiya chiroyli ko‘rinish bilan birgalikda, daladagi piyozlarning o‘sishini tezlashtirib beradi va kimyoviy moddalardan foydalanishga hojat qoldirmaydi.

Ilm-fan va san’at birlashishidan yana ham go‘zal dunyo yaratishni ko‘zlagan loyiha muallifi “Ushbu landshaftga jonli san’at asari sifatida qarash orqali endi  ‘qishloq xo‘jaligi’ so‘ziga yangi ma’no beriladi”, deb aytib o‘tdi.

20 ming kvadrat metr maydonni o‘z ichiga olgan ushbu loyihaga fitobiologik texnologiyalardan foydalangan holda taxminan ikki yil vaqt sarflandi. Quyida siz ushbu go‘zallik muhrlangan fotosuratlar va video tasvir bilan tanishasiz.

Foto: Roosegaarde

Foto: Roosegaarde

Foto: Roosegaarde

Foto: Roosegaarde

Foto: Roosegaarde


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
33
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

15 Apr 07:06
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

18 Apr 11:08
 
31
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada