calendar 28 Jan 06:10
eye 32
comments 0
comments Manba: daryo

Mehnat ta’tiliga ko‘rsatilgan muddatidan 5 kun oldin chiqqan Erkinjon Turdimov ta’til tugagandan keyin ham ikki kun dam olib keyin, ishga chiqishi ma’lum bo‘ldi

image

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘ini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqqanligi haqida xabar berilgandi. Keyinchalik, hokim 17-yanvar kunidan boshlab 10 kunlik muddatga mehnat ta’tiliga chiqishi lozimligi ma‘lum bo‘ldi.

Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayevning ma’lum qilishicha, Erkinjon Turdimov bugun, 28-yanvar kuni Samarqandga qaytadi.

“Viloyat hokimi ertaga yo‘lga chiqadi. 30-yanvar, shanba kuni yoki 1-fevral dushanba kuni ishga chiqishini aytgan”, – dedi hokim matbuot kotibi Manuchehr Mirzayev “Daryo” muxbiri bilan 27-yanvar kundagi suhbatida.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi. 11-yanvar kuni Prezident ta’tildan qaytib, Jizzaxdagi harbiy qismga tashrif buyurgan.

2021-yil 17-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov, Sirdaryo hokimi G‘ofur Mirzayev, Surxondaryo viloyati rahbari To‘ra Bobolov va Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovlar 10 kunlik muddatga mehnat ta’tiliga chiqdi. Qoraqalpog‘iston rahbari va 6 viloyat hokimi bugun, 28-yanvardan ta’tilga chiqadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
55
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:50
 
19
0
xs.uz

Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat

31 May 08:51
 
188
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do

15 Jun 10:46
 
29
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,42 soʻmga oshdi va 12 760,21 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 0,46 soʻmga koʻtarildi va 14 704,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,88 soʻmga koʻtarilib, 160,08 soʻmni tashkil etdi.