calendar 17 Sep 13:30
eye 86
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modini 70 yoshi bilan tabrikladi

image
Siyosat
Havola olish
11 0 0

Prezident o'z tabrigida Hindiston bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. O'zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga 70 yoshga to'lishi munosabati bilan samimiy qutlovlarini yo'lladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

"Prezident o'z maktubida Hindiston Bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va masʻuliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, do'st Hindiston xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tiladi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o'tamiz, Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston prezidenti lavozimiga saylanganidan so'ng dastlabki safarlaridan biri Hindistonga bo'lgan edi. 2018 yilning oktyabr oyida bo'lib o'tgan tashrif davomida O'zbekiston prezidenti tantanali qabul qilingan, davlatlar orasida muhim shartnomalar imzolangan edi. Shuningdek, tashrif davomida O'zbekiston prezidenti Agra shahridagi Boburiylar avlodi merosi bo'lgan Toj-Mahal majmuasida ham bo'lgan edi. 

Ayni damda O'zbekiston va Hindiston orasida madaniy va iqtisodiy loyihalar izchil rivojlanmoqda. Masalan bugun Toshkentning Sergeli tumanida Hindistonning 500 million dollarlik sarmoyasi yordamida 10 ming kishilik Minerva universiteti qurilishiga tamal toshi qo'yildi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
31
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

08 Jun 02:27
 
28
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi

13 Jun 00:39
 
24
0
xs.uz

Hindistonda samolyot qulashi oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech kim tirik qolmagan — “CBS News”

Hindiston respublikasi Ahmadobod shahri hududida halokatga uchragan 'Air India' aviakompaniyasining 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti bortida boʻlgan 242 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan, deb xabar bermoqda 'CBS News' nashri.Aviahalokatga uchragan samolyot bugun, 12-iyun kuni Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin

13 Jun 00:39
 
88
0
xs.uz

Germaniya Ukrainani jiddiy qoʻllashga kirishdi. Rossiyaning munosabati qanday?

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius yangi qurol yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun Ukrainaga kelgan. Bu haqda 'Tagesschau' xabar tarqatdi.'Mudofaa vaziri Boris Pistorius siyosiy muzokaralar uchun Ukraina poytaxti Kiyevga keldi. Siyosatchi Ukrainadagi vaziyat bilan tanishib, keyingi harbiy yordam masalasini muhokama qilmoqchi', ' deyiladi nashr xabarida.Germaniya Ukrainaga qanday yordam bermoqchi?Oʻtgan haftada Pistorius Ukraina Qurolli kuchlari yaqin orada Berlin yordamida