calendar 12 Sep 06:30
eye 46
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Dohada Afg'oniston hukumati va toliblar o'rtasida muzokaralar boshlandi

image
Siyosat
Havola olish
Afg'oniston: 30 yil tinchlik ilinjida (57)
21 0 0

O'zbekiston Afg'oniston Hukumati va "Tolibon" Harakati o'rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi, deya bayonot berdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. "Tolibon" harakati delegatsiyasi Qatarda o'tkaziladigan afg'onlararo muzokaralarga yetib keldi. Ayni vaqtda muzokaralarning ochilish marosimi o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afg'oniston Hukumati va "Tolibon" Harakati o'rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlashi haqida rasmiy bayonot eʻlon qildi.

TIV afg'onlararo muloqot o't ochishni barqaror to'xtatishga olib kelishi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni o'rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratilishiga umid bildirgan.

"O'zbekiston "siyosiy jarayonlar faqat afg'onlar tomonidan va Afg'oniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim", degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi", - deyiladi bayonot matnida.

Военнослужащие армии США в Афганистане
© Flickr / Program Executive Office Soldier

Shuningdek, O'zbekiston tomonlarning milliy yarashuvga erishish yo'lidagi saʻy-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qo'llab-quvvatlaydi hamda do'st Afg'oniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam ko'rsatishda davom etishini qo'shimcha qilgan.

Fevral oyi oxirida Qatarda bo'lib o'tgan marosimda AQSh va "Tolibon" radikal xarakati 18 yildan ortiq davom etgan urushdan so'ng birinchi marta tinchlik bitimini imzolagan edi. Kuni kecha AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod AQSh bir-ikki oydan so'ng Afg'onistondagi harbiy kontingenti sonini 4,5 ming nafargacha qisqartirishi haqida maʻlum qildi.

Mavzu:
Afg'oniston: 30 yil tinchlik ilinjida (57)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
48
0
xs.uz

AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi

Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka

12 Apr 21:15
 
71
0
xs.uz

Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb

16 Apr 09:12
 
37
0
xs.uz

Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif

12 Apr 21:15
 
48
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha