Moliya vaziri Senatda davlat byudjyetining ijrosi yuzasidan axborot berdi

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida Moliya vazirining O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining 2020 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to'g'risidagi Moliya vazirining axboroti eshitildi.
Taʻkidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining 2020 yil birinchi yarim yillik ijrosi «2020 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti to'g'risida»gi qonunda belgilangan byudjyet parametrlari doirasida hamda Prezidentimizning koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish, global inqiroz oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan farmon va qarorlari, qolaversa, Hukumat va Inqirozga qarshi kurashish komissiyasining qarorlari ijrosini taʻminlashga qaratilgan.
Dunyo miqyosida kechayotgan global o'sish surʻatlari pasayishi jarayonining mamlakat iqtisodiyotga ham taʻsir etishi natijasida 2020 yil birinchi yarim yili yakuniga ko'ra, yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 255,3 trln. so'mni, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 % ni tashkil etgan.
O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjyet 2020 yil birinchi yarim yili daromadlari 71,6 trln. so'm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 28,8 foiz, xarajatlari esa 80,5 trln. so'm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 32,4 foizni tashkil etgan.
Mamlakatda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida Davlat byudjyetining 2020 yil 6 oylik daromadlari 58,2 trln. so'mga yoki tasdiqlangan yillik parametrlarga nisbatan 45,3 foizga ijro etilgan. Hisobot davrida o'tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga ko'p mablag' tushirilishiga erishilgan.
Davlat byudjyetining 2020 yil birinchi yarim yilligi xarajatlari 64,9 trln. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan. Natijada 23,1 trln. so'm miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar hamda 5,0 trln, so'm miqdoridagi ish haqiga nisbatan ajratmalar to'liq va muddatida moliyalashtirilgan.
Qolaversa, o'tgan 6 oy davomida iqtisodiyot xarajatlariga Davlat byudjyetidan 9,0 trln. so'm yoki jami xarajatlarning 13,9 foizi, investitsiya xarajatlariga esa 6,0 trln, so'm yoki jami xarajatlarning 9,2 foizi sarflangan.
Hisobot davrida sog'liqni saqlash, nafaqa va moddiy yordam to'lovlari, iqtisodiyot va investitsiya xarajatlarining o'sishi yuqori bo'lishiga mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʻminlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish va pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tadbirlari bo'yicha amalga oshirilgan xarajatlar asosiy omil bo'lgan.
Xususan, 2020 yilning 1 iyul holatiga Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 5,6 trln. so'mlik koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, tadbirkorlikni va aholi bandligini ko'llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʻminlash bo'yicha tadbirlar moliyalashtirilgan.
Bundan tashqari, hisobot davrida mahalliy byudjyet mablag'larini mustaqil boshqarishni mustahkamlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan taʻminlash, mahalliy hokimliklarni mahalliy byudjyetlarni shakllantirishda va mablag'lardan samarali foydalanishda masʻuliyati va javobgarligini oshirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilida mahalliy byudjyetlarning daromadlar prognozi jami 10,2 trln. so'm etib belgilangan va reja amalda 12,9 trln. so'mga ijro etilgan. Bunda asosan hududlarda yangi tadbirkorlik subʻyektlarini tashkil etish, kam quvvatli korxonalarning ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi va qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish va legallashtirish, soliq qarzini qisqartirish, kameral o'rganishlar o'tkazish orqali belgilangan prognoz rejalar ijrosi taʻminlangan.
Majlisda mahalliy byudjyetlarning hududlar bo'yicha umumiy daromadlar prognozi bajarilgan bo'lsada, ammo ayrim soliq turlari bo'yicha belgilangan reja-topshiriqlari bajarilmagani taʻkidlandi. jumladan, joriy yilning 1 iyul holatiga mahalliy byudjyetlarga soliqlardan qarzdorlik 2,9 trln. so'mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 112 mlrd. so'mga oshgan. Mahalliy byudjyetlarning Davlat byudjyeti daromadlaridagi ulushi 22,1 foizni, uning jami xarajatlardagi ulushi 31,1 foizni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining tarqalishi, karantin choralarining qo'llanilishi natijasida mahalliy byudjyetlar xarajatlariga ham bir qator o'zgartirishlar kiritilgani taʻkidlandi.
Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy byudjyetlar xarajatlaridan qariyb 1 trln. so'mga maqbullashtirilgan. 2020 yilning 27-28 aprel kunlari kuchli shamol oqibatida Buxoro viloyatida zarar ko'rgan aholi va iqtisodiy-infratuzilma obʻyektlariga 164 mlrd. so'm hamda 1 may kuni «Sardoba suv ombori» to'g'onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan aholini qo'llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash xarajatlariga joriy yilning yarim yilida 500 mlrd. so'm qo'shimcha mablag'lar yo'naltirilgan.
Qolaversa, 2020 yil 1 apreldan boshlab 14 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to'lgunga qadar bola parvarishi bo'yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10 foizga oshirilgan. Ushbu tadbirlar natijasida, joriy yil yakuniga qadar ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oluvchilar soni 657,8 ming (+ 60,3 ming) ta oilani tashkil etib, ularga qo'shimcha nafaqalarni to'lash uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasidan 211,8 mlrd. so'm mablag' nazarda tutilgan bo'lib, shundan 91,3 mlrd. so'm moliyalashtirib berilgan.
Shuningdek, hisobot davrida aniqlangan kamchiliklarga eʻtibor qaratildi. Jumladan, aniqlangan qo'shimcha daromadlarga nisbatan 51,7 mlrd. so'mlik mablag'larning byudjyetga undirilishi taʻminlanmagan.
Shu bilan birga, pandemiya sharoitida mahalliy byudjyetlar daromadlarining o'z muddatida tushmaganligi natijasida yuzaga kelgan vaqtinchalik kassa uzilishi oldini olish hamda belgilangan xarajatlarni o'z vaqtida moliyalashtirish maqsadida hisobot davrida mahalliy byudjyetlarga respublika byudjyetidan 626 mlrd. so'm byudjyet transfertlari ajratilgan.
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʻyektlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rilgan choralar natijasida 7 669 ta mikrofirma, kichik korxona va YaTTlarning mol-mulk, yer va suv solig'ini 2020 yil 1 oktyabrga qadar kechiktirib to'lash uchun 132,7 mlrd. so'm imtiyozlar berilgan.
Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi