O'zbekiston bo'ylab 10 ta hududda 248 kishidan koronavirus aniqlandi

2020 yil 11 sentyabr soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 45 927 (+248) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 147 nafari Toshkent shahrida, 47 nafari Samarqand viloyatida, 14 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 6 nafardan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida, 5 nafardan Farg'ona va Xorazm viloyatlarida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, qashqadaryolik 54 yoshli A.J. (erkak) hamda poytaxtlik 37 yoshli Sh.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 42 555 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog'aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 997 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 439 nafari og'ir, 219 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.
Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.
Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril
Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do