Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonda Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotganini taʻkidladi

Avval xabar qilganimizdek, Ko'ksaroy qarorgohida 31 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni milliy ayyom bilan tabrikladi.
– Biz qanday tahlikali va suronli davrlarni boshimizdan kechirmaylik, qanday yutuq va natijalarga erishgan bo'lmaylik, mustaqillik g'oyasi, istiqlol ruhi bizga doimo tog'dek tayanch bo'lmoqda. Bugun cheksiz iftixor bilan ayta olamizki, donishmand xalqimizning uzoqni ko'ra olishi, birdamligi va fidoyi mehnati bilan barcha sinovlardan munosib o'tib kelmoqdamiz. Shu nuqtai nazardan, bizning insoniy qadr-qimmatimizni, g'urur va shaʻnimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlatchiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni Vatanimizning shonli tarixida hamisha eng yorqin sahifa bo'lib qoladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Keyingi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'yilayotgani, yangi bir uyg'onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgani qayd etildi.
– Keng jamoatchilik, el-yurtimiz barcha ijobiy o'zgarishlarning tashabbuskori va bunyodkoriga aylanmoqda, – dedi Prezident.
Jahonda yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ro'y bergan tabiiy va texnogen ofatlar joriy yilda jiddiy sinov bo'ldi. Shu murakkab vaziyatda g'oyat muhim ikkita vazifa – yaʻni aholining sog'lig'i va hayotini asrash hamda iqtisodiyotimizni tiklash, odamlarga ishlab daromad topishi uchun sharoit yaratish bir paytning o'zida hal etilmoqda.
– Hyech kim hyech qachon unutmasligi kerak: qanchalik qiyin bo'lmasin, qancha mablag' va imkoniyat talab etilmasin, O'zbekistonning bironta fuqarosi o'z holiga tashlab qo'yilmaydi, – deya taʻkidladi davlat rahbari.
Karantin cheklovlariga qaramay, sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish izchil davom ettirildi. Mamlakatimiz korxonalari belgilangan rejalarni bajarmoqda. Yil boshidan buyon 9 milliard dollarlik mahsulot eksport qilishga erishildi. Bu yil respublikamizda birgina sanoat sohasida umumiy qiymati 11 milliard dollar bo'lgan loyihalar ishga tushirilishi qayd etildi. Tadbirkorlik, ilm-fan, taʻlim, sud-huquq sohasidagi islohotlar natijalariga to'xtalib o'tildi.
Shavkat Mirziyoyev qo'shma dastur va loyihalarni qo'llab-quvvatlash hamda pandemiya oqibatlarini yumshatish borasida ko'rsatgan yordamlari uchun Xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki va boshqa tashkilotlarga minnatdorlik bildirdi. Xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan qutlayotgan hamkor davlatlar xalqlariga tinchlik-omonlik va farovonlik tiladi.
– Men turli sinov va kurashlarda toblangan, iymon-irodasi mustahkam xalqimizning aql-zakovati va azmu shijoatiga ishonaman. Mana shunday buyuk insoniy fazilatlar sohibi bo'lgan, ayniqsa, bugungi sinovli kunlarda o'zining matonati va hamjihatligi bilan chinakam jasorat ko'rsatayotgan qahramon xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan bosh egib taʻzim qilaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Turkmanistonliklarning mamlakatimizga tashrif buyurishi 2,5 barobarga oʻsdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Turkmanistondan Oʻzbekistonga sayohat qilgan fuqarolar soni keskin oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi berdi.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu uch oylik davrda 77,9 ming nafar turkmanistonlik turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga koʻp boʻlib, 2,5 barobar oʻsish qayd etilgan.Tashrif buyurganlarning aksariyati ' 54 ming 215 nafari sayyohlik maqsadida kelgan boʻlsa
Soʻmning dollarga nisbatan qadri ketma-ket beshinchi kun ortdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 12-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 27,81 soʻmga tushdi va 12 646,56 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 8,99 soʻmga pasaydi va 14 461,34 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,35 soʻmga tushib, 160,88 soʻmni tashkil etdi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning 'China State Construction', 'China General Nuclear Power', 'CAMCE', 'Goldwind' va 'ZTO Express' kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.Davlatimiz rahbari Xitoy biznesining Oʻzbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. Oʻtgan yilning oʻzida ushbu mamlakatdan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi.'China State Construction' kompaniyasi direktorlar kengashi ra
Prezident mutasaddilarga zargarlik sohasini chuqur tahlil qilishni topshirdi
Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada 'katta sakrash' qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham 'soya'da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi', dedi Prezident.Yigʻilishda shuningdek, tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyas